
Yoshlar ishlari ofisi
Bo'linmalar
Missiya
Yoshlar ishlari ofisining missiyasi — universitetda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, talaba-yoshlarning intellektual, ma’naviy va ijtimoiy salohiyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlaydigan, global tafakkurga ega va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan barkamol shaxs sifatida shakllantirishdan iborat.
Ofis o‘z faoliyatida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, barqaror rivojlanish tamoyillari hamda universitetning institutsional ustuvorliklariga tayangan holda yoshlar bilan ishlashning zamonaviy, samarali va barqaror tizimini rivojlantirishni maqsad qiladi.
Ustuvor yo‘nalishlar
Yoshlar ishlari ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida faoliyat yuritadi:
- Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya
Talaba-yoshlarda mafkuraviy immunitet, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatni amalga oshirish. - Yoshlar siyosatini amalga oshirish va institutsional muvofiqlashtirish
Universitetda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali joriy etish, tegishli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yagona yondashuvni ta’minlash. - Iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy, ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, tanlovlar, olimpiadalar, grant va stipendiya dasturlarida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. - Talabalar ijtimoiy himoyasi va farovonligi
Talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish. - Inklyuziv ta’lim va qo‘llab-quvvatlash
Nogironligi bo‘lgan va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalarning oliy ta’limda teng huquqli va to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, ular uchun qulay va moslashtirilgan ta’lim hamda ijtimoiy muhitni yaratish, individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ijtimoiy, ma’naviy va psixologik qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish. - Talabalarning ijtimoiy faolligi va liderlik salohiyatini rivojlantirish
Talaba-yoshlarni jamoatchilik faoliyatiga keng jalb etish, liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. - Sog‘lom ma’naviy muhit va huquqbuzarliklar profilaktikasi
Universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik ishlarni amalga oshirish. - Hamkorlik va ochiqlik
Davlat va nodavlat tashkilotlar, mahalla, ota-onalar, xalqaro institutlar hamda fuqarolik jamiyati subyektlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish. - Monitoring, tahlil va samaradorlikni oshirish
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ijrosini monitoring qilish, tahlil qilish va natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv mexanizmlarini joriy etish.


