
JIDUda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash global jarayonlarning yangi haqiqatlarida”
JIDUda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash global jarayonlarning yangi haqiqatlarida”

2024 yil 7 iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) gibrid formatda “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash global jarayonlarning yangi haqiqatlarida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xalqaro konferensiya Barqaror rivojlanish maqsadlari erishishda muhim platformani shakllantirdi. Ushbu konferensiya barqaror rivojlanish uchun global hamkorlikni mustahkamlash maqsadida turli guruhlar o‘rtasida hamkorlik qilish va bilim almashish muhimligini ta’kidlaydi. Konferensiya siyosatchilar, akademiklar, fuqarolik jamiyati vakillari va xalqaro mutaxassislarni bir joyga to‘plab, iqtisodiyot, jamiyat va atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha fikr almashish va ochiq muloqot yuritish uchun maydon yaratdi.
Konferensiya tez o‘zgarayotgan global jarayonlar fonida barqaror rivojlanishning dolzarb muammolari va imkoniyatlarini chuqur muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistondagi barqaror rivojlanish jarayonlariga jalb qilingan keng jamoatchilik vakillari – akademik hamjamiyatdan tortib amaliyotchilar, mutaxassislar va mustaqil ekspertlargacha ishtirok etdi. Ma’ruza qilganlar orasida nafaqat O‘zbekiston olimlari, balki Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Erondan ekspertlar ham bor edi. Konferensiyada davlat muassasalari, tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritayotgan JIDU bitiruvchilariga ham tadbirda so‘z olish imkoniyati yaratildi. Shu keng vakillik konferensiyaning mazmunli muhokamalariga zamin yaratib, barqaror rivojlanish global kun tartibi doirasida mutaxassislar va qiziqqon jamoatchilik o‘rtasida bilim almashish uchun ochiq ta’lim maydonchasiga aylanishiga xizmat qildi.
Plenar majlisdan so‘ng konferensiya beshta ixtisoslashgan panel sessiyalar doirasida davom etdi:
Ø Iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlashda institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlar, iqtisodiyotning raqamlashtirilishi va modernizatsiyasi sharoitida;
Ø Barqaror rivojlanish boshqaruvi va strategiyalari;
Ø Geoiqtisodiy parchalanish: prognozlar va xavflar;
Ø Yashil iqtisodiyotga o‘tish: imkoniyatlar va muammolar;
Ø Global muammolar kontekstida xalqaro hamkorlik. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha xorijiy tajriba.
Barcha sessiyalarning mavzusi BMTning global kun tartibidagi asosiy yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq edi, jumladan sifatli ta’lim, munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish, iqlim o‘zgarishi bilan kurash, tinchlik, adolat va samarali institutlar hamda barqaror rivojlanish uchun sheriklik.
Ochik format, tashqi auditoriya ishtiroki va materiallarning erkin ommaga taqdim etilishi orqali universitet nafaqat barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga o‘z hissasini kuchaytirmoqda, balki barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq akademik maydon sifatida o‘z ma’rifiy missiyasini bajarib kelmoqda.
Yuqori darajadagi muloqot bilan mahalliy hamjamiyat ishtirokini uyg‘unlashtirish orqali mazkur tashabbus BRM maqsadlarini to‘liq ifodalaydi hamda universitetni O‘zbekistonda barqaror va inklyuziv taraqqiyotning faol harakatlantiruvchisi sifatida namoyon etadi.
Sana: | 10.06.2024 |
Ko'rganlar soni: | 4321 |
Ulashish: |