Konstitutsiya kuni arafasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 225-maktabda huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi NEXTGEN DIPLOMATS CLUB hamda Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi dotsenti Zarina Israilova tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 225-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

    Tadbir davomida Konstitutsiyada mustahkamlangan qonun ustuvorligi tamoyili, inson sha’ni va qadr-qimmatining oliy qadriyat ekanligi, voyaga yetmaganlarning ta’lim olish kafolatlari hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

    Tashrif dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

    ✓ Huquqiy tahlil va muloqot: yangilangan Konstitutsiyada yoshlar huquqlarini himoya qilish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga oid normalar muhokamasi.

    ✓ Konstitutsiyaviy viktorina: Asosiy Qonun bo‘yicha huquqiy savol-javob va intellektual bellashuv.

    ✓ Akademik yo‘nalish: JIDU talabalari tomonidan oliy ta’lim, huquqshunoslik va diplomatiya sohasida kadrlar tayyorlash haqida ma’lumot berildi.

    Mazkur uchrashuv BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liq:

    • SDG 4 — Sifatli ta’lim;
    • SDG 16 — Tinchlik, adolat va samarali institutlar.

    Muloqot yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan javob oldilar. Viktorinaning faol ishtirokchilari klub nomidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.