Toshkentdagi 109-maktabda mas’uliyatli iste’mol va ekologik madaniyatga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi” doirasida Toshkent shahridagi 109-sonli umumta’lim maktabining 3-“V” sinf o‘quvchilari uchun BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 12-maqsadi — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     Tadbir davomida o‘quvchilarga chiqindilarni kamaytirish, saralash va qayta ishlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda kundalik hayotda ekologik mas’uliyatni namoyon etishning ahamiyati tushuntirildi. Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida “Chiqindini ajrating” interaktiv o‘yini o‘tkazilib, bolalar turli chiqindilarni to‘g‘ri saralash bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

    Shuningdek, o‘quvchilar Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan ijodiy posterlar tayyorlab, atrof-muhitni asrashga oid o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar. Mazkur tashabbus yosh avlodda ekologik ong va mas’uliyatli iste’mol madaniyatini shakllantirish, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.