JIDU professor-o‘qituvchisi BMT faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi

JIDU professor-o‘qituvchisi BMT faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi

    JIDU professor-o‘qituvchisi BMT faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi

    JIDU professor-o‘qituvchisi BMT faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi

    JIDU Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori v.b. Surayyo Usmanova AQShdagi Fulbrayt tadqiqotchisi sifatidagi ilmiy faoliyati doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining institutsional faoliyati hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi.

    Xususan, Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi majlislarida kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirildi.

    Tashrif davomida BMTning asosiy organlari faoliyati, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ko‘p tomonlama diplomatik muzokaralar, xalqaro qarorlar qabul qilish tartibi hamda xalqaro huquq normalarining amaliy tatbiqi bilan bevosita tanishish imkoniyati yaratildi.

    Shuningdek, 2026-yil 25-oktabr kuni S. Usmanova AQShning Pensilvaniya shtatida BMT tashkil etilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirida Pensilvaniya universitetida akademik hamjamiyati vakili sifatida ishtirok etdi.
    AQSh BMT Assotsiatsiyasining Markaziy Pensilvaniya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir “Ochlikka barham berish sari: Yoshlar oziq-ovqat laboratoriyasining innovatsion yechimlari” (“Towards Zero Hunger: Innovative Solutions from the Youth Food Lab”) mavzusiga bag‘ishlandi.

    Tadbir doirasida BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibi, xususan, 2-maqsad “Ochlikka barham berish” (SDG 2: Zero Hunger) bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
    Mazkur ikki tadbir BMT faoliyatining o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarini xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan institutsional mexanizmlar hamda barqaror rivojlanish sohasidagi global va mahalliy tashabbuslarni amaliy jihatdan o‘rganish imkonini berdi.

    S. Usmanovaning mazkur tadbirlardagi ishtiroki xalqaro tashkilotlar faoliyatiga oid amaliy tajribani o‘rganish, xalqaro huquq ta’limida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, olingan bilim va kuzatuvlarni JIDUning ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim jarayonlariga tatbiq etishga xizmat qiladi.