JIDUda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 7-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev ochib berdi. U o‘z nutqida mustaqillikka erishishning tarixiy ahamiyati va mamlakatimizning o‘tgan davr mobaynida hayotning barcha sohalarida erishgan ulkan yutuqlarini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taraqqiyotda zamonaviy jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim va fan alohida o‘rin tutadi.

    S. Safoyev o‘tgan o‘quv yili yakunlarini sarhisob qilib, universitetning ilmiy va o‘quv faoliyatidagi sezilarli yutuqlarini alohida qayd etdi. U professor-o‘qituvchilarning xalqaro nufuzli nashrlardagi maqolalari soni oshgani, ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar miqdori ko‘paygani, shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlikda qator innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ta’kidladi.

    Nutqini yakunlar ekan, rektor JIDU professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlarini asosiy vazifani bajarish — O‘zbekistonning ravnaqi va kelajagiga munosib hissa qo‘shishga qodir, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash yo‘lida kuch-g‘ayratlarini birlashtirishga da’vat etdi.

    Tadbir doirasida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga, ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan JIDU professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ushbu yuksak e’tirof bilan taqdirlandi. Esdalik nishonlari ularga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tantanali ravishda topshirildi.

    Shuningdek, ilmiy faoliyatdagi yuksak yutuqlari, ta’lim jarayoniga qo‘shgan salmoqli hissasi va halol mehnati uchun universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ham taqdirlandi.

    Tadbirning badiiy qismi ham bayramona ruhda davom etdi. Unda “Bravo” orkestri jamoasi ishtirok etib, yig‘ilganlarga o‘zining yorqin musiqiy chiqishlarini namoyish etdi va tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.