JIDUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

JIDUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

    JIDUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

    JIDUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, seleksiya va sport tayyorgarligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Chorshanba — sport kuni” doirasida bir qator sport tadbirlari tashkil etildi.

    Tadbirlar avvalida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Mazkur memorandum kelgusida universitetda sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar va xodimlar o‘rtasida stol tennisi sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

    Shundan so‘ng universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, chaqqonlik va jamoaviy birdamlik namunasini namoyon etdilar.

    Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, ayollar o‘rtasida:

    1-o‘rin — Odina Kudratova

    2-o‘rin — Iqboloy Narqulova

    3-o‘rin — Shahrizoda Miraliyeva

    Erkaklar o‘rtasida esa:

    1-o‘rin — Anvar Sayfiddinov

    2-o‘rin — Nodirbek Egamberdiyev

    3-o‘rin — Shoxruxbek Abdujabborov

    Shuningdek, Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti, uzoq yillik diplomat Adham G‘afurovich Rasulov “Diplomat — sport fidoyisi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rin bilan taqdirlandi.

    Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Mazkur sport tadbirlari universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar va professor-o‘qituvchilar faolligini oshirish hamda sport orqali jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.