
Hind tilini o‘rganish orqali madaniy diplomatiyani rivojlantirish
Hind tilini o‘rganish orqali madaniy diplomatiyani rivojlantirish

Joriy yilning 14-aprel kuni “Sharq tillari” kafedrasi tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida hind tilini o‘rganish orqali madaniy diplomatiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda hind tiliga ixtisoslashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida JIDU talabalari Hindistonning barqaror rivojlanish modelini tahlil qildi va zamonaviy madaniy diplomatiya poydevori sifatida boburiylar tarixiy merosining ahamiyatini muhokama qildi.
Mahorat darsi dasturida interaktiv qismga alohida e’tibor qaratilib, uning doirasida qiyosiy leksik tahlil o‘tkazildi va talabalar o‘zbekcha va hindcha so‘zlarning umumiy ildizlarini tadqiq qildi. Muloqotning bu shakli nafaqat til ko‘nikmalarini mustahkamlashga, balki JIDU va O‘zDJTUning bo‘lajak mutaxassislari o‘rtasida samarali tajriba almashinuviga ham hissa qo‘shdi.
| Sana: | 15.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 5 |
| Ulashish: |




