Xalqaro akademik hamkorlik ofisi

Xalqaro akademik hamkorlik ofisi

    Xalqaro akademik hamkorlik ofisi Universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini, talabalar almashinuvi va ularning xalqaro tadbirlarda ishtirokini muvofiqlashtiradi.

    Xalqaro akademik hamkorlik ofisi faoliyati universitetning ichki me’yoriy hujjatlari asosida tashkil etiladi. Ofisning vazifalari, vakolatlari, tuzilmasi va ish yuritish tartibi bilan batafsil tanishish uchun quyidagi hujjatga o‘ting: “Xalqaro akademik hamkorlik ofisi to‘g‘risidagi Nizom”.

    Ofisning asosiy vazifalari:

    -Universitetning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

    -Universitet rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni beradi; 

    -Xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan universitetning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;

    -Universitet fakultet, kafedra va bo‘linmalarining xorijiy davlat hamda nodavlat va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarda qatnashish yuzasidan umumiy faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

    -Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida Universitet fakultet, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;

    -Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Universitet ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishiga ko‘maklashadi;

    -Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va Universitet rahbariyatiga taqdim etadi; 

    -O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar, faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yiladi;

    -Talaba va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv hamda mobillik dasturlarini tashkil etadi va monitoring qilib boradi;

    -Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning chet elga ta’lim yoki ilmiy almashinuvlarga yuborilishini Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi bilan birgalikda tashkil qiladi;

    -Chet eldan kelgan talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni qabul qilish, ularni yashash joylari, viza, va orientatsiya kabi masalalarda qo‘llab-quvvatlaydi;

    -Tashqi ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining so‘rovlariga asosan oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash;

    -Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;

    -E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish;

    -Xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;

    -Xorijiy OTMlardan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ma’ruza o‘qish uchun taklif qilish;

    -Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi va amalga oshiradi.