Talabalar Kengashi

Talabalar Kengashi

    TALABALAR KENGASHI
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar Kengashi – o‘z-o‘zini  boshqaradigan talabalar organi bo‘lib, universitet xodimlari va talabalar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. O‘z nizomiga muvofiq, Kengash talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, talabalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirish bilan shug‘ullanadi. Talabalar Kengashi talabalarni universitetning ijtimoiy va ilmiy hayotiga jalb qilishni maqsad qilgan Kengash raisining maslahatchilari boshchiligidagi qo‘mitalarni o‘z ichiga oladi. 

    Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar Kengashi Raisi - “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 4-bosqich talabasi – Jahongir Muhammadov

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari manfaatlarini ma’muriyat va boshqa manfaatdor tashkilotlar oldida himoya qiluvchi birinchi shaxs hisoblanadi. Kengash Raisi Kengash a’zolari va Talabalar Kengashi strategiyasini belgilovchi va boshqaruvchi shaxs hisoblanadi. Kengash Raisi Kengash qarorlari asosida har bir a’zoning ishini tartibga soladi.

    Rais departamentlarga aniq vazifalar qo‘yishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.  Kengash Raisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy Kengashining rasmiy a’zosi sifatida ko‘rib chiqiladi va talabalar muammolari bo‘yicha veto huquqiga ega.

    Talabalar Kengashi quyidagi departamentlarni o‘z ichiga oladi:

    • Talabalar Kengashi matbuot xizmati;
    • Ilmiy-tadqiqot departamenti;
    • Tashqi aloqalar masalalari bo‘yicha departament;
    • Talaba xotin-qizlar masalalari bo‘yicha departament;
    • Volontyorlik masalalari bo‘yicha departament;
    • Chet tillari bo‘yicha departament;
    • Sport masalalari bo‘yicha departament;
    • Tashkiliy masalalar bo‘yicha departament;
    • TTJda istiqomat qiluvchi talabalar masalalari bo‘yicha departament;
    • Talabalar taklif va murojaatlari markazi departamenti;
    • Madaniyatlararo hamkorlik va turizm masalalari bo‘yicha departament.

    Talabalar o‘z arizalarini maslahatchilar va ularning jamoasiga yuborish orqali qo‘mitalarning biriga a'zo bo‘lish imkoniyatiga ega.

    Raisning birinchi o‘rinbosari: Doston Tuxliyev 
    Raisning birinchi o‘rinbosari - Talabalar kengashi Raisiga yaqindan ko‘maklashuvchi va uning yo‘qligida (safari, ta’tilda bo‘lishi, kasallik holati va boshqa asosli sabablar) uning vazifalarini vaqtincha bajaruvchi mas’ul shaxs hisoblanadi.

    Kengashning ichki faoliyatini muvofiqlashtirish va departamentlar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi.

    Rais o‘rinbosari: Saidakbar Shamsiyev 
    Rais o‘rinbosari - Talabalar kengashi Raisiga hujjatlar bilan ishlash, tashkiliy va ma’muriy faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, Kengash ishlarining samarali tashkil etilishida amaliy yordam ko‘rsatadigan mas’ul shaxs hisoblanadi. Kengash faoliyatiga oid nizom, qarorlar, buyruqlar va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlaydi va yuritadi.

    Talabalar kengashi matbuot kotibi: Adizbek Pulatov
    Matbuot xizmati Kengashning 5 ta ijtimoiy platformadagi (Telegram, Instagram, Facebook, Twitter (X), YouTube) sahifalarini boshqaradi, u yerda barcha qoʻmitalar faoliyatini muntazam yoritib boradi, vizual ravishda qabul qilinadigan ma'lumotlarni taqdim etishda va talabalar uchun tegishli plakatlar, e'lonlar va boshqa yangiliklarni tayyorlashda yordam beradi.

    Ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha departament
    Koordinator: Yulduz Ergasheva
    Mazkur departament talabalarning ilmiy maqolalar yozishda nazariy va amaliy tajriba orttirishlari uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.  Qo‘mita tomonidan soha mutaxassislari, ilmiy rahbarlar ishtirokida muntazam tashkil etilayotgan seminarlar talabalarga ma’ruza, tezis, maqola va boshqa ilmiy ishlarni  sifatli va to‘g‘ri yozish imkonini bermoqda. Qo‘mita vazifasiga talabalar ishlarini nashr etishda qo‘llab-quvvatlash va yordam berish ham kiradi.

    Tashqi aloqalar masalalari bo‘yicha department
    Koordinator:  Otabek Asatullayev
    Tashqi aloqalar masalalari bo‘yicha koordinator - Talabalar kengashining tashqi tashkilotlar, mahalliy va xalqaro ta’lim muassasalari, talabalar ittifoqlari hamda boshqa yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish uchun mas’ul hisoblanadi.

    Talaba xotin-qizlar masalalari bo‘yicha department
    Koordinator: Gulrux Rayimjonova
    Talaba xotin-qizlar masalalari bo‘yicha koordinator - Talabalar kengashida talaba xotin-qizlarning huquqlari, manfaatlari hamda ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul shaxs hisoblanadi. Maslahatchi talabalar xotin-qizlar bilan bog‘liq ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy masalalarni ko‘rib chiqishda tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatadi.

    Volontyorlik masalalari bo‘yicha department
    Koordinatorlar: Qodirjon  G‘ulomov; Otabek G‘ofurov;
    Volontyorlik masalalari bo‘yicha departament - JIDU ko‘ngillilar ro‘yxatini shakllantib, ularni O‘zbekistondagi muhim siyosiy jarayonlarda vololntyor-tarjimon sifatida faoliyat olib borishini ta’minlaydi.

    Universitetdagi volontyorlik faoliyatini tizimli tashkil etish, talabalarning jamoatchilik ishlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda tadbirlarda volontyorlar ishini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu yo‘nalishda ikki nafar koordinator faoliyat yuritadi:

    Birinchi koordinator – volontyorlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga ajratish, tadbirlarga jalb etiladigan volontyorlar bazasini yangilab borish uchun mas’ul

    Ikkinchi koordinator – tadbirlar paytida volontyorlarni yig‘ish, ularga vazifalar taqsimlash, faoliyat jarayonini nazorat qilish va boshqarish uchun javobgar.

    Ushbu ikki koordinator o‘zaro hamkorlikda ish yuritadi hamda volontyorlar faoliyatining samaradorligini oshirish, uni tashkilotchi va ishtirokchilar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida muvofiqlashtirish uchun mas’uldirlar.

    Chet tillar masalalari bo‘yicha departament
    Koordinator: Gulasal Islomova
    Chet tillar masalalari bo‘yicha departament - JIDUning xorijiy tillar kafedralari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Uning asosiy vazifasi talabalar o‘rtasida xorijiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish hisoblanadi

    Sport masalalari bo‘yicha department
    Koordinator: Mehriddin Movlonov 
    Sport masalalari bo‘yicha koordinator - universitetdagi barcha sport tadbirlari hamda sport klublari uchun mas’ul hisoblanadi.

    Tashkiliy masalalar bo‘yicha department
    Koordinator: Fayozbek Yax'yoyev

    Tashkiliy masalalar bo‘yicha koordinator - Talabalar kengashining ma’muriy-huquqiy bazasini saqlash uchun mas’ul bo‘lib, departamentlardlan birining murojaati bo‘yicha turli tadbirlarni o‘tkazishga yordam beradi. U tadbirlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanadi. 

    TTJda istiqomat qiluvchi talabalar masalalari bo‘yicha
    Koordinator: Nurbek Abulqosimov
    TTJda istiqomat qiluvchi talabalar masalalari bo‘yicha koordinator - Talabalar turar joyi sektori boshlig‘i hisoblanib, u yerda istiqomat qiluvchi talabalar tashabbuslarini yetkazishda asosiy vazifani bajaruvchi hisoblanadi.

    Talabalar taklif va murojaatlari markazi departamenti
    Koordinator: Al-Aziz Abdullayev
    Talabalar taklif va murojaatlari markazi koordinatori - Talabalar kengashi tarkibida talabalardan kelib tushadigan fikr- mulohazalar, taklif va muammolarni tizimli ravishda tashkil etadi va talabalar manfaatlarini ifoda etishda muhim rol o‘ynaydi.

    Murojaatlar asosida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli chora- tadbirlar ko‘rish yuzasidan Rais va Kengashga takliflar kiritadi.

    Madaniyatlararo hamkorlik va turizm masalalari bo‘yicha departamenti
    Koordinator: Boburjon Orziyev
    Madaniyatlararo hamkorlik va turizm masalalari bo‘yicha koordinator - talabalarning xalqaro va milliy madaniy tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash, universitetda madaniy xilma-xillik muhitiniyaratish hamda ichki va tashqi turizm loyihalarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar Kengashi tarkibi:

    • Talabalar kengashi raisi ‒ Muhammadov Jahongir Baxtiyor o‘g‘li
    • Kengash raisining birinchi o‘rinbosari ‒ Tuxliyev Doston Zafarjon o‘g‘li
    • Kengash raisi o‘rinbosari ‒ Shamsiyev Saidakbar Saidahmad o‘g‘li
    • Talabalar Kengashi matbuot xizmati ‒ Pulatov Adizbek Akmalovich
    • Ilmiy-tadqiqot departamenti koordinatori ‒ Ergasheva Yulduz Tolibovna
    • Tashqi aloqalar masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ Asatullayev Otabek Xayrulla o‘g‘li
    • Talaba xotin-qizlar masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ Rayimjonova Gulrux Shuxratovna
    • Volontyorlik masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ G‘ulomov Qodirjon Narimonjon o‘g‘li va G‘ofurov Otabek Ulug‘bekovich
    • Chet tillari bo‘yichadepartamenti koordinatori ‒ Islomova Gulasal Yo’ldosh qizi 
    • Sport masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ Movlonov Mehriddin Mansur o‘g‘li
    • Tashkiliy masalalar bo‘yicha departmenti koordinatori ‒ Yax'yoyev Fayozbek   O‘tkir o‘g‘li
    • TTJda istiqomat qiluvchi talabalar masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ Abulqosimov Nurbek Mahammad o‘g‘li
    • Talabalar taklif va murojaatlari markazi departamenti koordinatori ‒ Abdullayev Al-Aziz Odilovich 
    • Madaniyatlararo hamkorlik va turizm masalalari bo‘yicha departamenti koordinatori ‒ Boburjon Orziyev Sobirjon o‘g‘li