Stipendiyalar

Stipendiyalar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining 2021-yil 18-martdagi 64-UM sonli buyrug‘iga muvofiq, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol, universitet tomonidan tashkil etiladigan tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotgan, ilmiy faoliyatda ulkan natijalarga erishib kelayotgan iqtidorli talabalar uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stipendiyasi ta’sis etilgan.

    Bugungi kunga qadar 32 nafar talaba universitet stipendiyasi bilan taqdirlangan.