Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi

    Ofisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • ilmiy salohiyatni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek fakultet va kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish; 
    • ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatni amalga oshirish;
    • ilmiy-tadqiqot faoliyatini amaliyot uygʻunligida olib borishda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish; 
    • universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish doimiy nazorat qilish va baholash.

    Ofis yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    a) ilmiy salohiyatni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni belgilash,

    • shuningdek fakultet va kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirishda: 
    • ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasini shakllantirish va bu boʻyicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish hamda ushbu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish; 
    • ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha yillik ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;  
    • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar, shuningdek magistrantlar tomonidan
    • ilmiy ishlanmalar (monografiyalar, ilmiy-amaliy qoʻllanmalar,
    • axborot-tahliliy materiallar, ilmiy maqolalar va boshqalar) chop etilishi
    • borasidagi faoliyatini kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirish;
    • ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar faoliyati yuzasidan har oyda bir marta Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash oʻtkazishni tashkillashtirish;
    • universitetda ilmiy tadbirlar (respublika va xalqaro ilmiy-amaliy
    • konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar)
    • oʻtkazishda tashkiliy ishlarini muvofiqlashtirib borish; 
    • ilmiy-tadqiqot ishlariga doir hisobotlar tayyorlash va universitet
    • rahbariyatiga taqdim etish. 

    b) ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatni amalga oshirishda:

    • tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul ishlarini tashkil etish; 
    • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qilish;
    • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning malakaviy imtihonlarini topshirish jarayonini tashkil etish; 
    • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy izlanishlari samaradorligi va sifati monitoringini amalga oshirish; 
    • xorijiy mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish;
    • magistrantlarning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini kalendar ish rejasiga binoan biriktirilgan kafedralarda amalga oshirilishini nazorat qilish; 
    • ofis faoliyatida tegishli meʼyoriy xujjatlar, ichki mehnat tartib- qoidalarining ijrosini taʼminlash.     

    c) ilmiy-tadqiqot faoliyatini amaliyot uygʻunligida olib borishda

    • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruv
    • organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy
    • taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilishda:
    • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik
    • boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi
    • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni
    • yoʻlga qoʻyish; 
    • ilmiy faoliyat boʻyicha hisobotlar tayyorlash va universitet Kengashiga
    • taqdim etish; 
    • ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda davlat va xoʻjalik
    • boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda rivojlangan xorijiy
    • mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzishda koʻmaklashish.       

    d) universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish doimiy nazorat qilish va baholashda:

    • xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga (Scopus/Web of Science) kirgan jurnallarda universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan ilmiy maqolalar chop etilishini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritib borish; 
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
    • 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha barcha ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodim va professor-o‘qituvchilarning har yillik ilmiy faoliyatini tekshirish, baholash va rasmiylashtirish;
    • professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) mezonlari bo‘yicha o‘qituvchilarning Ilimiy faoliyatini tekshirish va baholash.