
Jumanov Odil Olim o‘g‘li

Jumanov Odil Olim o‘g‘li
Ofis: Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi
Lavozimi: Yetakchi mutaxassis
Tillar: O’zbek , Rus, Ingliz
Mutaxassisligi:
Tashqi savdo va iqtisodiy munosabatlar
Xalqaro energetika diplomatiyasi
Funksional Vazifalari:
Ilmiy salohiyatni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek fakultet va kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatni amalga oshirish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amaliyot uygʻunligida olib borishda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish doimiy nazorat qilish va baholash
Bog’lanish:
E-mail: odiljumanov01@gmail.com
Xona: 702, JIDU
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Jumanov Odil – JIDUning Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi yetakchi mutaxassisi. 2024-yilda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Instituti (MGIMO), “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro energetika hamkorligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’limini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shu davrda u Avstriyada O‘zbekiston Respublikasi elchixonasida bir necha marta amaliyot o‘tkazgan.
2024-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti qoshidagi Yosh olimlar kengashi a’zosi. 2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), “Tashqi iqtisodiy faoliyat” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ta’limini yakunlagan. 2025-yildan boshlab Jumanov Odil JIDUning Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisida yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat olib bormoqda.