
Siddiqova Marg‘uba Ilhomjon qizi

Siddiqova Marg‘uba Ilhomjon qizi
Ofis: Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi
Lavozimi: Ofis rahbari
Tillar: O‘zbek, Rus, Ingliz, Xitoy
Mutaxassisligi:
Xalqaro jurnalistika
Xalqaro munosabatlar
MBA
Funksional vazifalari:
Ilmiy salohiyatni oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash hamda fakultet va kafedralarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amaliyot bilan uyg‘un holda olib borish, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qilish.
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilish va baholash.
Bog‘lanish:
E-mail: msiddiqova@uwed.uz
Xona: 706, JIDU
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Marg‘uba Siddiqova, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi boshlig‘i, sinolog, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, “Sharq tillari” kafedrasi dotsenti. 1 ta monografiya, 1 ta darslik va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2007-yildan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda, jumladan, “Sharq tillari” kafedrasi mudiri (2009-2011), Magistratura bo‘limi boshilig‘i (2011-2013) Til ta’limi markazi direktori (2013-2017), lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston milliy axborot agentligida sharhlovchi, yetakchi muharrir lavozimlarida jurnalistik faoliyat olib borgan (2011-2017).
M.Siddiqova Xitoyning “Jilin” universitetida Xitoy filologiyasi bo‘yicha hamda Shanghaidagi “Fudan” universitetida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘qigan, Guangzhoudagi “Xitoy Janubiy texnologiyalar” universitetida biznes boshqaruv (MBA) bo‘yicha magistraturani tamomlagan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavr (2005) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistratura bosqichini bitirgan (2007). 2020-yilda JIDUda siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.