
Doktorantura
Universitetda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;
08.00.13 – Menejment;
12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi;
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;
12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;
12.00.10 – Xalqaro huquq;
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- Magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.