Markaziy bank stipendiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan iqtidorli, tashabbuskor va ilmiy salohiyatga ega talabalar hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiya dasturlari tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot
Markaziy bank stipendiyalari
Stipendiya dasturi

Stipendiya dasturlari

Markaziy bank stipendiyalari ikki asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi:

Markaziy bankning maxsus stipendiyasi

Markaziy bankning maxsus stipendiyasi iqtidorli va tashabbuskor talabalarni rag‘batlantirish, ularning bank ishi, moliya, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etiladi. Stipendiatlar tanlov asosida saralab olinadi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
  • Iqtisodiyot
  • Bank ishi
  • Moliya
  • Amaliy matematika
  • Axborot texnologiyalari
Stipendiya shartlari va imkoniyatlari
  • Markaziy bank faoliyati bilan yaqindan tanishish
  • Haftasiga 15 soatdan oshmagan holda amaliyot o‘tash
  • Nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlash
  • Bank, moliya va iqtisodiyot sohalarida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
Talabgorlar uchun asosiy talablar
  • So‘nggi o‘quv yili yakuniga ko‘ra yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish
  • Davlat tilini mukammal darajada bilish
  • Rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida bilish
Tanlov tartibi
1Test sinovlariTest sinovlari masofaviy shaklda tashkil etiladi. Yo‘nalishlarga qarab test savollari quyidagilarni qamrab olishi mumkin:
2Chet tillarini bilish darajasini baholashTest sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning xorijiy tillarni bilish darajasi suhbat orqali baholanishi mumkin.
3Ekspert guruhi suhbatiEng munosib deb topilgan nomzodlar Ekspert guruhi suhbatiga taklif etiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra stipendiatlar saralab olinadi.
Tanlov g'oliblari Markaziy bank bo'linmalarida haftasiga 15 soatdan ko'p bo'lmagan miqdorda amaliyot o'tashlari mumkin.

Markaziy bankning Tadqiqot stipendiyasi dasturi

Markaziy bankning Tadqiqot stipendiyasi dasturi magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur iqtisodiyot, moliya, bank ishi, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik, to‘lov tizimlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
  • Magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar
  • Doktorantlar
  • Mustaqil izlanuvchilar
Nomzodlarning tadqiqot mavzusi Markaziy bankning asosiy vazifalari, strategik maqsadlari va ustuvor tadqiqot yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Tadqiqot yo‘nalishlari
  • Iqtisodiyot
  • Moliya
  • Bank ishi
  • Pul-kredit siyosati
  • Moliyaviy barqarorlik
  • To‘lov tizimlari
  • Moliyaviy savodxonlik
  • Global iqtisodiy va moliyaviy tendensiyalar
  • Texnologik o‘zgarishlar va yangi moliyaviy fenomenlar
Zarur hujjatlar
  • Tarjimayi hol / rezyume
  • Ilmiy tadqiqot rejasi
  • Tadqiqot savollari va maqsadi aniq ko‘rsatilgan tadqiqot loyihasi
  • Dastur davomida bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning oyma-oy reja-grafigi
  • Mavjud bo‘lsa, oldin chop etilgan ilmiy maqolalar
Dastur muddati va stipendiya miqdori
  • Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan tadqiqot mavzusining murakkabligiga qarab 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuziladi. Stipendiya miqdori nomzodning ta'lim yoki ilmiy izlanish bosqichiga qarab belgilanadi:
Dastur muddati va stipendiya miqdori
  • Magistratura bosqichida ta'lim olayotgan g‘oliblarga — davlat oliy ta'lim muassasalaridagi assistent-o‘qituvchining oylik maoshi miqdorida stipendiya to‘lanadi
  • Doktorantura bosqichida ilmiy izlanish olib borayotgan g‘oliblarga — katta o‘qituvchining oylik maoshi miqdorida stipendiya to‘lanadi

Tadqiqotchilar uchun imkoniyatlar

Markaziy bankning ichki statistik ma'lumotlaridan foydalanish
Tadqiqot natijalarini Markaziy bank seminar va konferensiyalarida taqdim etish
Tadqiqot xulosalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati
Markaziy bank mutaxassislari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilish

Rasmiy e'lonlar va o'tgan yillar stipendiantlari

Shartlar, muddatlar va hujjatlarni topshirish tartibi yiliga yangilanib turishi mumkin. Markaziy bank va JIDU axborot kanallarida e'lon qilinadigan rasmiy ma'lumotlarni kuzatib boring.