
Maxmudov Rustam Bahodirovich

Maxmudov Rustam Bahodirovich
Kafedra: Siyosatshunoslik
Mutaxassisligi
Siyosatshunoslik
Sharq tillari va adabiyoti
Fanlar
Jahon siyosatida raqamli texnologiyalar
Strategik madaniyat
Tillar
O‘zbek, Ingliz, Rus
Bog‘lanish:
E-mail: rmaxmudov@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Scopus, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Rustam Mahmudov – JIDU “Siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti. Argumentatsiya va debatlar, Madaniyatlararo muloqot, Jahon siyosatining raqamli jihatlari, Strategik madaniyat fanlaridan dars beradi. Uchinchi kotib diplomatik martabasiga ega. Rus, ingliz, forsiy, dariy va pushtu tillarini biladi.
Rustam Mahmudov Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetining (TDShU) Eron-Afg‘on filologiyasi “Pushtu tili” fakultetini, shuningdek, TDShUning aspiranturasini tamomlagan. TDShU da pushtu va dariy tillaridan dars bergan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Siyosiy tadqiqotlar markazida ishlagan.
2022-yildan boshlab Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondi Markaziy Osiyo ofisi loyiha rahbari sifatida “Markaziy Osiyoda iqlim migratsiyasi muammolari: chaqiriqlar va yechimlar”, “To‘rtinchi sanoat inqilobi va Markaziy Osiyo uchun asosiy muammolar”, “Tolibon hokimiyati ta’sirida Afg‘oniston– qo‘shni mamlakatlar va buyuk davlatlarning munosabati“ loyihalarini amalga oshirgan.
Rustam Mahmudov milliy va xalqaro tahliliy jurnal va veb-saytlarda To‘rtinchi sanoat inqilobi, energetika, geosiyosat, iqtisodiyot, mintaqaviy xavfsizlik, afg‘on muammosi, transport kommunikatsiyalari, sotsiologiya va iqlim muammolariga bag‘ishlangan 200 dan ortiq tahliliy maqolalar muallifi.