Sultanova E'tibor Sidikovna

Sultanova E'tibor Sidikovna

    Sultanova E'tibor Sidikovna

    Sultanova E'tibor Sidikovna

    Kafedra: Siyosatshunoslik

    Mutaxassisligi

    Siyosatshunoslik

    Xalqaro munosabatlar

    Fanlar

    Siyosatshunoslik

    Falsafa

    Siyosiy institutlar va jarayonlar

    Tillar

    Oʻzbek, Rus, Ingliz 

    Bogʻlanish:

    E-mail: esultanova@uwed.uz

    LinkedIn, Google ScholarResearch Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    E. Sultanova O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida “Siyosiy marketing”, “Siyosiy madaniyat”, “Siyosiy konfliktologiya” va “Siyosiy texnologiyalar” fanlariga asos solgan hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va dasturlar muallifidir. Uning rahbarligida 3 ta PhD dissertatsiyasi himoya qilingan, yana 3 tasi himoya arafasida. Shuningdek, u 7 ta dissertatsiyaga opponentlik qilgan va 100 dan ortiq bakalavr, 40 dan ortiq magistr ishlariga rahbarlik qilgan.

    U JIDU, O‘zbekiston Milliy universiteti va Sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy kengashlar tarkibida faoliyat yuritgan. JIDU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Kengashning uzoq yillik a’zosi bo‘lib, 2019–2021 yillarda DSc ixtisoslashgan ilmiy kengashiga raislik qilgan. Hozirda ushbu kengash a’zosi va uning Ilmiy seminari raisi hisoblanadi.

    1995-yildan buyon ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha faol ishlagan. U Oliy Majlis Senati huzuridagi Ayollar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi eksperti, Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoat kengashi raisi, Toshkent shahri va Mirzo-Ulug‘bek tumani ayollar jamoatchilik kengashlari a’zosi, shuningdek “Olima” ayollar uyushmasi raisidir. U Zulfiya mukofoti Davlat komissiyasining “Fan” yo‘nalishi bo‘yicha ham a’zo hisoblanadi. 1998-yildan JIDU Xotin-qizlar qo‘mitasi, 2020-yildan esa JIDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

    Uning doktorlik tadqiqoti mustaqillik yillarida ayollar tashkilotlarining jamiyatdagi o‘rnini kompleks o‘rgangan birinchi ilmiy ish bo‘lib, undagi xulosa va tavsiyalar 1995-yildan buyon ayollar masalalariga oid milliy siyosat va qonunchilikda qo‘llanib kelinmoqda.

    E. Sultanova ilmiy va jamoatchilik faoliyati uchun TIV, Oliy ta’lim vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi kabi tuzilmalar tomonidan bir qator mukofotlar, jumladan “Mu’tabar ayol” (2019) va “I darajali Mehnat faxriysi” (2021) ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

    U ko‘p yillik tajribasi orqali yosh mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shib, hurmatli ustoz va yetuk ilmiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

    Ilmiy nashrlar