
Ergashbayev Sherzod Ikromjon o‘g‘li

Ergashbayev Sherzod Ikromjon o‘g‘li
OFIS: Akademik va o'qituvchilar ishlari
LAVOZIMI: Bosh mutaxassis
TILLAR: O'zbek, rus, ingliz
MUTAXASSISLIGI: Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Amaliy siyosatshunoslik
FUNKSIONAL VAZIFALARI:
O‘quv-uslubiy ishlar va o‘quv rejalari bajarilishini nazorat qilish
O‘quv jarayonini rejalashtirish va dars jadvalini tuzish
Professor-o‘qituvchilarning faoliyati va pedagogik malakasini nazorat qilish
Talabalar amaliyoti va dars mashg‘ulotlarini muvofiqlashtirish
Hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash, arxivlash va yetkazish
BOG'LANISH:
E-manzil: ergashbayev@uwed.uz
Telefon: +99871 267 07 06 (175)
XONA: B-517, JIDU.
Tarjimai hollar
Ergashbayev Sherzod Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Uning professional faoliyati akademik jarayonlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ta’lim sifati monitoringi, professor-o‘qituvchilar faoliyatini tashkil etish hamda raqamli ta’lim platformalarini boshqarishga qaratilgan.
Sherzod universitetning akkreditatsiya jarayonlarida ishtirok etadi, o‘quv hujjatlari bilan ishlashni tartiblash, HEMIS va MOODLE tizimlarida ma’lumotlar oqimini boshqarish, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar bilan metodik va ma’muriy ishlarda ko‘mak ko‘rsatadi. U akademik boshqaruvning xalqaro talablariga mos yondashuvlarni joriy etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
U 2025-yil 2–16-avgust kunlari JIDU va MAKU universiteti o‘rtasida o‘tkazilgan “Turk tilini o‘qitish bo‘yicha yozgi o‘quv-amaliyot dasturi” ni muvaffaqiyatli tamomlab, lingvistik hamda pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirgan.
Sherzod xalqaro tashkilotlar va tahliliy markazlarda to‘plagan amaliy tajribaga ega. U Tashqi siyosat tadqiqotlari va xalqaro tashabbuslar markazi, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi kabi muassasalarda stajirovkalarda qatnashgan. Ushbu tajribalar unga siyosiy tahlil, xalqaro muloqot, loyiha boshqaruvi va ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha chuqur ko‘nikmalar berdi.
U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” yo‘nalishida bakalavr (2020–2024) va “Amaliy siyosatshunoslik” yo‘nalishida magistratura (2024–2025) dasturlarida tahsil olgan. Bundan tashqari hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil tadqiqotchisi hamda Xalqaro munosabatlar kafedrasi o‘qituvchisi. Uning ilmiy qiziqishlari siyosiy jarayonlar, xalqaro munosabatlar nazariyasi, global boshqaruv va davlat siyosatini tahlil qilish masalalarini qamrab oladi.
Ergashbayev Sherzod o‘zining mas’uliyati, tahliliy fikrlashi va akademik jarayonlarga bo‘lgan professional yondashuvi bilan universitetning ilmiy, akademik faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.