Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi

Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi

    Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi

    Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi

    OFIS: Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi

    LAVOZIMI: Ofis boshlig‘i

    TILLAR: O'zbek, rus, ingliz, nemis

    MUTAXASSISLIGI: Xalqaro munosabatlar, Amaliy siyosatshunoslik, Afg‘oniston masalalari, AQSH tashqi siyosati

    FUNKSIONAL VAZIFALARI:

    Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ofis nomidan ish yuritadi

    Universitetning strategik rivojlanish dasturi va tegishli amaliy rejalarini ishlab chiqadi, joriy etadi va ularning ijrosini monitoring qiladi

    Universitet faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tahlil qiladi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi

    Xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tashqi auditorlar hamda akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

    QS, THE va boshqa xalqaro reytinglarda universitet pozitsiyasini oshirish strategiyasini ishlab chiqadi hamda reyting agentliklari bilan ishlarni muvofiqlashtiradi

    Xalqaro standartlar asosida o‘quv-ilmiy jarayonlarni tahlil qilish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etadi

    Ta’lim sifatini kafolatlash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi

    Universitet bo‘linmalari bilan loyihalarni muvofiqlashtiradi, zarur ma’lumot va hujjatlarni so‘rash hamda jamlashni tashkil etadi, elektron hujjat aylanishi (“EDO”) topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi

    Ofis xodimlari faoliyatini tashkil etadi: vazifalarni taqsimlaydi, ijro va mehnat intizomini nazorat qiladi, rag‘batlantirish va intizomiy choralar bo‘yicha takliflar kiritadi

    BOG'LANISH: 

    E-manzil: imomova@uwed.uz

    Telefon: +99871 267 07 06 (224)

    XONA: B-507, JIDU.

    Tarjimai hollar

    Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Attashe diplomatik martabasiga ega.  U 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat dasturini, 2020-yilda esa ushbu universitetning Amaliy siyosatshunoslik magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 2020-yildan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritib, ilmiy-pedagogik va tashkiliy ishlarni uyg‘un holda olib bormoqda.