
Djurayev Qodir Asadovich

Djurayev Qodir Asadovich
Kafedra: Siyosatshunoslik
Mutaxassisligi
Xalqaro munosabatlar
Fanlar
Siyosatshunoslik
Siyosiy tahlil va uning nazariy metodologik asoslari
Tillar
O‘zbek, Rus, Ingliz, Fransuz, Tojik
Bog‘lanish:
E-mail: qdjurayev@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Q.Djuryaev JIDUning Xalqaro munosabatlar fakultetini (1995-y.), JIDU qoshida sirtqi aspiranturani (1999-y.), doktoranturani (2009-y.) bitirgan va siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Q.Djuryaev o‘z mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiya bosh eksperti lavozimidan boshlagan. 2000-2024-yillarda JIDU katta o‘qituvchisi, dotsenti, fakultet dekani, professori v.b. lavozimlarida ishlagan. 2010-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.
JIDU “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori sifatida o‘z pedagogik faoliyatini 2025-yildan boshlab olib bormoqda. “Siyosatshunoslik asoslari”, “Siyosiy tahlil va uning nazariy metodologik asoslari” kabi fanlardan dars beradi. 2020-yildan beri siyosiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya himoyalari bilan shug‘ullanuvchi JIDU ixtisoslashgan Ilmiy Kengashi qoshidagi Ilmiy seminar raisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Rus, ingliz, fransuz va tojik tillarini o‘zlashtirgan. Q.Djurayevning ilmiy tadqiqotlari: qiyosiy siyosiy tizimlar, zamonaviy saylov tizimlari, Fransiya Respublikasining V-Respublika davridagi siyosiy tizimi evolyutsiyasi, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlar shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi.