
Maxmudova Zebiniso Sharabidin qizi

Maxmudova Zebiniso Sharabidin qizi
OFIS: Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi
LAVOZIM: Bosh mutaxassis
TILLAR: O‘zbek, rus, ingliz, nemis
MUTAXASSISLIGI: Fuqarolik huquqi, Xalqaro xususiy huquq, Biznes huquqi, Intellektual mulk huquqi, Investitsiya huquqi
FUNKSIONAL VAZIFALAR:
Universitetning xalqaro reytinglardagi ishtiroki va natijalarini tahlil qilish;
“Times Higher Education” (THE), “Quacquarelli Symonds” (QS) va boshqa reytinglar uchun talab etiladigan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tizimlashtirish;
Universitetning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini reyting mezonlariga muvofiq monitoring qilish;
Xalqaro reytinglarda pozitsiyani yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Strategik rivojlanish va transformatsiya yo‘nalishlarida tahliliy materiallar hamda hisobotlar tayyorlash.
BOG'LANISH:
E-manzili: maxmudova_z@uwed.uz
Telefon: +99871 267 07 06
XONA: B-515, JIDU.
Tarjimai hollar
Zebiniso Maxmudova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. U universitetning strategik rivojlanishi hamda xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash yo‘nalishlarida faol ish olib boradi.
U JIDUni “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishida imtiyoz bilan tamomlagan, hozirda esa JIDUning “Xalqaro biznes huquqi” magistratura dasturi talabasi hisoblanadi. Ilmiy qiziqishlari fuqarolik huquqi, xalqaro xususiy huquq, biznes huquqi, intellektual mulk huquqi va investitsiya huquqlarini qamrab oladi.
Ilmiy nashrlar
.