Djumayeva Gulnor Sattarovna

Djumayeva Gulnor Sattarovna

    Djumayeva Gulnor Sattarovna

    Djumayeva Gulnor Sattarovna

    Kafedra: Siyosatshunoslik

    Mutaxassisligi

    Jahon siyosati

    Fanlar

    Siyosiy sotsiologiya

    Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi

    Tillar

    O‘zbek, Rus, Ingliz

    Bog‘lanish:

    E-mail: g.jumayeva@uwed.uz

    LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    Djumayeva Gulnor Sattarovna — siyosiy fanlar doktori, dotsent. 1980-yilda H.Olimjon nomidagi Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan.

    Mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va davlat boshqaruvi tizimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, Qarshi davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, shuningdek Moskva pedagogika institutida tadqiqotchi sifatida ishlagan.

    1999–2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilib, podpolkovnik unvoni bilan nafaqaga chiqqan. Keyinchalik ilmiy faoliyatini davom ettirib, TSTMTM (KАЦВИ), JIDU hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida bosh ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

    2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Xalqaro reytinglar va axborot tahlili bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajargan. 2021-2025 yillarda Toshkent shahridagi Inha universiteti Fanni rivojlantirish bo‘limining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 2025 yil avgust oyidan JIDU Siyosatshunoslik kafedrasida dotsent lavozimida ishlamoqda. Siyosiy sotsiologiya, Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi fanlaridan dars beradi.

    Ilmiy qiziqishlari — xalqaro munosabatlar, davlatlarning geosiyosiy manfaatlari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlari. 

    Ilmiy nashrlar