Abduraxmanova Munisa Abdukaxarovna

Abduraxmanova Munisa Abdukaxarovna

    Abduraxmanova Munisa Abdukaxarovna

    Abduraxmanova Munisa Abdukaxarovna

    FAKULTET: Xalqaro munosabatlar

    LAVOZIM: Kurs koordinatori

    TILLAR: O'zbek, rus, ispan

    MUTAXASSISLIGI: Filolog, Xalqaro munosabatlar, Siyosatshunoslik

    FUNKSIONAL VAZIFALARI:

    O‘quv hujjatlarini rasmiylashtirish

    Individual jadvalni muvofiqlashtirish

    Talabalar kontingenti bo‘yicha ma’lumot

    Me’yoriy hujjatlarga rioya etish

    Kafedra hisobotlarini umumlashtirish

    BOG'LANISH: 

    E-manzil: m.abduraxmanova@uwed.uz

    Telefon: +99871 267 07 06 (119,120)

    XONA: A-204-221,JIDU.

    Tarjimai hollar

    Abduraxmanova Munisa Abdukaxarovna hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetida kurs koordinatori lavozimida faoliyat yuritadi. U bundan avval umumta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida ishlagan. Universitetdagi faoliyati davomida “Zakovat” intellektual klubi koordinatori sifatida turli tadbirlar va intellektual o‘yinlarni tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, u “Siyosatshunoslik” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib, “Falsafa” va “Jamiyat va din” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi.

    Munisa Abduraxmanova xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari yo‘nalishida mustaqil izlanuvchi hisoblanadi. Uning ilmiy qiziqishlari turizmning davlatlararo munosabatlarda yumshoq kuch sifatida namoyon bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 15 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

    U o‘zining bakalavriat bosqichini 2008 yilda Jahon tillari universitetida tamomlagan. 2014 yilda Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika universitetida tahsilni davom ettirib, mutaxassisligini mustahkamlagan. 2020 yilda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistratura bosqichini yakunlagan.

    Munisa Abduraxmanova ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot olib borish, intellektual loyihalarni boshqarish, talabalar bilan ishlash va akademik jarayonni muvofiqlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis sanaladi.

    Ilmiy nashrlar

    International scientific and practical conference: “the silk road: cooperation through the prism of tourism”.

    Tourism - expanding the opportunities of women: prospects and challenges. Халқаро муносабатлар журнали 2024 (3-4).

    The approaches within the “soft power” framework in international relations. Халқаро муносабатлар журнали 2025 / 2