
Ergashova Nasiba To‘lqin qizi

Ergashova Nasiba To‘lqin qizi
FAKULTET: Xalqaro munosabatlar
LAVOZIM: Kurs koordinatori
TILLAR: O'zbek, rus, ingliz
MUTAXASSISLIGI: Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Fuqarolik jamiyati institutlari, Xalqaro tashkilotlar va global hamkorlik
FUNKSIONAL VAZIFALARI:
Talabalar akademik-ijtimoiy moslashuvi
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Davomat nazorati
O‘quv jarayoni nazorati
Talabalar bazasini shakllantirish
Hujjatlar va apellyatsiyalarni rasmiylashtirish
BOG'LANISH:
E-manzil: nasibauwed320@gmail.com
Telefon: +99871 267 07 06 (119,120)
XONA: A-204,JIDU.
Tarjimai hollar
Nasiba Ergashova - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetida kurs koordinatori sifatida faoliyat yuritadi. U akademik boshqaruv, ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilan tizimli ishlash va ularning akademik hamda shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassisdir.
Nasiba fakultetda talabalarning o‘quv jarayoni, davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ijtimoiy farovonligini nazorat qilish, o‘qituvchilar bilan metodik hamkorlik qilish, dars jadvallarini shakllantirish, baholash jarayonlarini muvofiqlashtirish va turli ilmiy-amaliy tadbirlar tashkillashtirishda faol ishtirok etadi. U, shuningdek, talabalar – kafedralar – dekanat o‘rtasidagi asosiy kommunikatsiya bo‘g‘ini sifatida samarali ishlaydi.
Ayni paytda Nasiba JIDU Xalqaro munosabatlar magistratura bosqichida tahsil oladi. Uning ilmiy qiziqishlari siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar faoliyati va xalqaro rivojlanish masalalarini qamrab oladi.
Oldingi lavozimida Nasiba O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasida Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy donorlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. U Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarning yirik nodavlat tashkilotlari bilan 15 dan ortiq hamkorlik va memorandumlarni yo‘lga qo‘ygan. Shu jumladan, UN Women, Konrad Adenauer jamg’armasi, Friedrich Ebert fondi, Abt Global va G’arb-Sharq uchrashuvlar fondi kabi tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga ega.
Nasiba Ozarbayjon-O‘zbekiston NNT forumlari va inson huquqlari bo’yicha anjumanlari kabi yirik xalqaro tadbirlarni tashkil qilgan, USAID va ADB forumlarida Assotsiatsiya nomidan vakillik qilgan.
Ilmiy nashrlar
.