
Safarov Sanjar Rustamovich

Safarov Sanjar Rustamovich
FAKULTET: “Xalqaro munosabatlar” fakulteti
LAVOZIM: Akademik ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis
TILLAR: O'zbek, rus, ingliz
MUTAXASSISLIGI: Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Suv diplomatiyasi
FUNKSIONAL VAZIFALARI:
Talabalar hujjatlarini rasmiylashtirish
Individual dars jadvallarini tayyorlash
Fakultet talabalar statistikasi
Ta’lim hujjatlariga rioya etish
Kafedralar hisobotlarini umumlashtirish
BOG'LANISH:
E-manzil: ssafarov@uwed.uz
Telefon: +99871 267 07 06 (119,120)
XONA: A-204, JIDU.
Tarjimai hollar
Sanjarbek R. Safarov — Universitetning Xalqaro munosabatlar fakultetida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi. U xalqaro munosabatlar, ta’lim jarayonini boshqarish va akademik boshqaruv yo‘nalishlarida amaliy tajribaga ega. U bundan avval Universitetning Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisida yetakchi mutaxassis, shuningdek, Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. Ushbu lavozimlarda u ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv hujjatlarini yuritish, HEMIS va MOODLE tizimlarini boshqarish, talabalarga maslahat berish, akkreditatsiya jarayonlarida ishtirok etish kabi mas’uliyatli vazifalarni bajargan.
Sanjar R. Safarov o‘z faoliyatida xalqaro standartlarga mos akademik boshqaruv, ta’lim sifatini monitoring qilish va talabalar bilan samarali ishlash bo‘yicha yetarlicha tajribaga ega. Universitet jamoasi bilan hamkorlikda u o‘quv dasturlarini xalqaro tajribaga mos holda takomillashtirishda, universitetning xalqaro reytingga kirish jarayonlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. U, shuningdek, amalga oshirgan loyihalarida tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish, akademik tartib-intizomni ta’minlash va samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari bilan ajralib turadi.
Sanjarbek Safarov — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Suv diplomatiyasi” qo‘shma dasturi magistranti. Shuningdek, u Yandex kompaniyasi (Moskva) tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellekt texnologiyalari va katta ma’lumotlar zamonaviy tahliliy usullari” kursi bitiruvchisi bo‘lib, global siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bilan ishlashda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarga ega. U o‘zining xalqaro munosabatlar, diplomatiya va ta’lim boshqaruvi bo‘yicha amaliy tajribasi bilan universitetning ilmiy va akademik rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Ilmiy nashrlar
.