Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna

Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna

    Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna

    Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna

    Kafedra: Ingliz tili 

    Mutaxassisligi

    ESP (Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili)

    ESL (Ikkinchi til sifatida ingliz tili)

    EFL (Chet tili sifatida ingliz tili)

    Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

    Tillar

    O’zbek, Rus, Ingliz

    Bog’lanish:

    E-mail:  mmuxitdinova@uwed.uz

    LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna — ingliz tili o‘qitish metodikasi va zamonaviy til ta’limi sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis. U 2015-yildan buyon oliy ta’lim muassasalarida EFL (English as a Foreign Language), ESP (English for Specific Purposes) hamda umumiy ingliz tili fanlaridan dars berib kelmoqda.

    M.R. Mukhitdinova 2012-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlab, lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy daraja olgan. 2020-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (ixtisosligi: 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi) himoya qilgan, 2023-yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. Hozirda pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

    Uning ilmiy izlanishlari chet tillarni o‘qitish metodikasi, EFL, ESP), shuningdek sun’iy intellekt texnologiyalarini til ta’limiga tatbiq etish yo‘nalishlariga qaratilgan.

    2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh olimlar” tanlovi g‘olibi sifatida Buyuk Britaniyada joylashgan Norwich Institute for Language Education (NILE) markazida Content and Language Integrated Learning (CLIL) hamda Teaching English for Specific Academic Purposes dasturlarida malaka oshirgan.

    2025-yilda American Councils tomonidan tashkil etilgan Faculty Enrichment Program (FEP) grant dasturi g‘olibi bo‘lib, AQShning Wisconsin Eau-Claire universitetida professor sifatida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan. Shu yili u Harvard College Project for Asian and International Relations (HPAIR) xalqaro forumida delegat sifatida ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘lgan.

    Bundan tashqari, 2025-yilda Oxford va Cambridge universitetlari tomonidan tashkil etilgan “Opportunities of Modern Information Systems and Artificial Intelligence” kursini, shuningdek Wisconsin University tomonidan o‘tkazilgan “An Essential Guide to AI for Educators” va “AI Ready School Pilot Program” dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan.

    M.R. Mukhitdinova o‘z ilmiy-amaliy faoliyati davomida bir qator xalqaro va milliy loyihalarda faol ishtirok etgan. U “IME Solutions Pro” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ingliz tili kurslarini tashkil etish metodikasi” loyihasining rahbari, shuningdek “ESP uchun masofaviy ta’lim va bilim sifatini nazorat qilish tizimini loyihalash” loyihasining rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u “TUIT LMS tizimi uchun kredit-modul tizimini boshqaruvchi qo‘shimcha dasturiy paketni ishlab chiqish” va “Abiturient.uz” loyihalarida ishtirok etib, ta’lim platformalari uchun o‘quv kontentlarini ishlab chiqqan (2019–2020).

    U O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “English for Science” (2024), “International Approaches and Best Practices of Using Data in Scientific Research” (2024) hamda “AI-Enhanced Academic Research & Writing Assistant” (2025) dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan taqdirlangan.

    Mukhitdinova Munirakhon Ravshanovna hozirda chet tillarni o‘qitish metodikasi, EFL va ESP ta’limi, sun’iy intellekt hamda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan faol olima va tajribali pedagog hisoblanadi.

    Ilmiy nashrlar