Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon oʻgʻli

Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon oʻgʻli

    Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon oʻgʻli

    Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon oʻgʻli

    Kafedra: Siyosatshunoslik

    Mutaxassisligi

    Sharq falsafasi va madaniyati

    Siyosatshunoslik

    Fanlar

    Falsafa

    Jamiyat va din

    Tillar

    O'zbek, Rus, Ingliz 

    Bog'lanish:

    E-mail: muslimbek@uwed.uz

    LinkedInGoogle Scholar, Research Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    Muslimbek Alijonov – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Falsafa, Jamiyat va din, Markaziy Osiyoda milliy o‘zlikni anglash: istiqlol va zamonaviy davlatchilik g‘oyalari fanlaridan dars beradi. 

    Toshkent Islom universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriatini, Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining “Sharq falsafasi va madaniyati” ixtisosligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2023-yilda O‘zbekiston milliy universitetida “Oʻzbekiston tarixi” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 

    2016-yilda tashkil etilgan “Munozara-debat” o‘yinlarining “Eng yaxshi uchinchi spiker” nominatsiyasi g‘olibi va O‘zbekiston chempioni. 

    “Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokuratura xodimlari xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan kitob va ekspozitsiya yaratish” grant loyihasini amalga oshirishda, shuningdek, 1937-1938-yillarda ichki ishlar organlari xodimlarining qatag‘on qilishi va uning oqibatlariga bag‘ishlangan “Tarix: xotira, xulosa va saboqlar” nomli kitob – monografiyani yaratishda ishtirok etgan. 

    1 monografiya, 2 ta kitob va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Hozirda Turkiston jadidlarining diplomatik aloqalari va muhojir jadidlar faoliyati xususida doktorlik (DSc) ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 

    Muslimbek Alijonovning ilmiy tadqiqotlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkiston jadidchilik harakati tarixi, uning g‘oyaviy yo‘nalishlari va falsafasi, shuningdek, tarix va tasavvuf falsafasiga doir masalalarni o‘z ichiga oladi.

    Ilmiy nashrlar