
Turg`unova Nodiraxon Abduraxim qizi

Turg`unova Nodiraxon Abduraxim qizi
Kafedra: Ingliz tili
Mutaxassisligi
Tarjimon
Gid
Lingvist (Ingliz tili)
Tillar
O'zbek, Rus, Ingliz
Bog'lanish:
E-mail: turgunova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID, Web of Science
Tarjimai hollar
Nodiraxon Turg`unova 2023-yil sentabr oyidan beri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o`qituvchi sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. EFL (ingliz tili chet tili sifati), ESP (maxsus yo`nalishlar uchun ingliz tili) va General English (umumiy ingliz tili) bo’yicha talabalarga dars beradi. Bakalavr bosqichini O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida (Filologiya: ingliz tili), magistratura bosqichini esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: tillar bo`yicha) tamomlagan. Nodiraxon Turg`unova magistrlik dissertatsiyasini “Ingliz tilida sinxron tarjimadagi asosiy muammolar va ularga yechimlar” mavzusida izlangan va himoya qilgan.
Asosiy ish faoliyatidan tashqari Nodiraxon Turg`unova Zakovat intellektual klubining faol a’zosi. Oliy ligada ayol-qizlar jamoasi sardori. Zakovat intellektual klubi NNT tomonidan 2022-yilning “Yilning eng yaxshi ayol bilimdoni” sovriniga munosib ko`rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-iyundagi farmoniga ko’ra “Yoshlar kuni” munosabati bilan topshirilgan “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi.