
Brignone Marko

Brignone Marko
Kafedra: Roman-german tillar
Mutaxassisligi
Filologiya
Lingvistika
Tillar
Italyan, Ingliz, Ispan
Bog‘lanish:
E-mail: marco@uwed.uz
Tarjimai hollar
Marko Brignone Roman-german tillari kafedrasida italyan tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga u o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv rejalari va talabalar ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi hamda takomillashtirib boradi. Marko Brignone yuqori malakali, ko‘p tilli mutaxassis bo‘lib, o‘quv jarayonida yuksak pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya va mas’uliyatni namoyon etadi.
U talabalarining og‘zaki nutq, tinglab tushunish, o‘qish va yozish kabi asosiy til kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. O‘qitish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanadi hamda interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning italyan tilidan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, u yangi, innovatsion o‘quv materiallarini muntazam ravishda ishlab chiqadi va yangilab boradi, shuningdek, italyan tili va madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etadi.
Ilmiy nashrlar