Alejandro Pérez Gutiérrez

Alejandro Pérez Gutiérrez

    Alejandro Pérez Gutiérrez

    Alejandro Pérez Gutiérrez

    Kafedra: Roman- german tillari

    Mutaxassisligi

    Jurnalistika

    Chet tillarini o'qitish

    Tillar

    Ispan, Ingliz 

    Boglanish:

    E-mail: alejandro@uwed.uz

    LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    Alejandro Pérez Gutiérrez – xorijiy til sifatida ispan tilini o‘qitish bo‘yicha tajribali mutaxassis bo‘lib, jurnalistika va ta’lim sohasida mustahkam bilimga ega. Hozirda u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (Toshkent, O‘zbekiston) ispan tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

    U “University of the Basque Country” ning ijtimoiy fanlar va kommunikatsiya fakultetini jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini, hamda Kantabriya universitetini “Xorijiy til sifatida ispan tilini o‘qitish” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini tamomlagan.

    Alejandro ispan va ingliz tillarini mukammal biladi. Shuningdek, u kasbiy va til o‘qitish bo‘yicha maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tgan, shu jumladan, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bir qator malaka oshirish dasturlarida qatnashgan (ayniqsa, Osiyo mamlakatlari kontekstida).

    O‘qituvchilik faoliyatidan tashqari, u O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy anjumanlarda faol qatnashib keladi. Jumladan:

    2025-yil 20-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan “Til ta’limidagi muammolar va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;

    2024-yil 19-mart kuni Milliy gvardiya hamda Oila va ayollar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston – kuchli ayollar” birinchi xalqaro forumi.

    Shuningdek, u Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda institutsional aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ispaniya Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihalar qatorida:

    Ispaniya milliy kuni (12-oktabr) munosabati bilan Toshkentda Ispaniyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili xonim Asunsion Sanches Ruiz tashkillashtirgan bayram tadbiri;

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan Ispan tili va madaniyati kuni tadbirini tashkillashtirishda faol ishtirok etgan.

    Ilmiy nashrlar