
Abduganiyeva Shaxlo Muminovna

Abduganiyeva Shaxlo Muminovna
Kafedra: Roman-german tillar
Mutaxassisligi
Tilshunos
Nemis va ingliz tillari o‘qituvchisi
Tillar
O‘zbek, rus, nemis
Bog‘lanish:
E-mail: shabduganiyeva@uwed.uz
Tarjimai hollar
Abduganiyeva Shaxlo Muminovna - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman-german tillari kafedrasi katta o’qituvchisi, nemis tili fanidan asosiy va ikkinchi xorijiy til bo‘yicha dars beradi.
Bundan oldin u 1996 yildan 2015 yilgacha O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan, amaliy va nazariy til fanlaridan dars bergan, “Fonetika nazariyalari” fanidan ma‘ruzalar o‘qigan, shuningdek, 2002 yildan 2005 yilgacha “Ozavtoyul” konserni nemis texnologiyalari markazida oʻqituvchi va tarjimon boʻlib ishlagan. Shahlo Abduganiyeva o’z malakasini muntazam ravishda oshiradi va Gyote instituti, DAAD, OAD, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan anjuman va seminarlarda faol ishtrok etadi. Shu jumladan 1999-yilda Germaniyaning RUR-universitetida, 2003-yilda Layndagi Alfeld shaxrida «Ammann» firmasida, 2009 -yilda Frayburg shaxridagi Gyote institutida, 2014-yilda Yoxanes Gutenberg nomidagi universitetida malakasini oshirgan. Pedagogik faoliyati bilan birga u ilmiy hamda tarjimonlik faoliyatini olib boradi. 30 ga yaqin ilmiy ishlari mavjud. Jumladan, 2- ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 1-ta o‘quv – qo‘llanma, 1-ta elektron darslik, 2-ta lug‘at va ko‘plab xorijiy, xalqaro, respublika ilmiy maqolalar va tezislar muallifi hisoblanadi.