
Rofiyeva Gulasal Yusubjonovna

Rofiyeva Gulasal Yusubjonovna
Kafedra: Roman-german tillar
Mutaxassisligi
Lingvistika (fransuz tili)
Fransuz tili va adabiyot
Tarjimashunoslik
Tillar
O'zbek, Rus, Fransuz
Bog‘lanish:
E-mail: rofiyeva@uwed.uz
Tarjimai hollar
Rofiyeva Gulasal Yusubjonovna, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi lavozimida ishlaydi. Bundan oldin u O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Bugungi kunda JIDU 2-3-bosqich talabalariga fransuz tilidan dars berib kelmoqda. 2020-yil “O‘zbek tilidan fransuz tiliga konseptual metaforalar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari (Erkin A’zam asarlari tarjimasi misolida)” mavzuidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan va mazkur yo‘nalishda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Respublika va xalqaro doiradagi loyihalarda ishtirok etgan. Erasmus dasturi doirasida Fransiyaning Tours va Poitiers universitetlarida ilmiy adabiyotlarni sintez qilish hamda tadqiqot bosqichlari bo’yicha malaka oshirgan. Fransuz tilidan DALF C1 darajasiga ega.