
Israilova Zarina Sadriddinovna

Israilova Zarina Sadriddinovna
KAFEDRA: "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi dotsenti
MUTAXASSISLIGI
Konstitutsiyaviy huquq
Ma’muriy huquq
Moliya va bojxona huquqi
FANLAR
Konstitutsiyaviy huquq;
Davlat va huquq nazariyasi;
Davlat va huquq tarixi
BOG'LANISH: israilova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Israilova Zarina Sadriddinovna 2010 yil Toshkent davlat yuridik instituti bakalavr bosqichini, 2013 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Z.S.Israilova 2010-2011 yillarda Xalq banki Mirobod tumani filialining yurist lavozimida, 2013-2014 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi yuriskonsulti, 2014-2015 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro ommaviy huquq kafedrasining o‘qituvchisi, 2015-2016 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasining o‘qituvchisi, 2016-2018 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasining o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi doktoranti. 2020 yil 7 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019 Yu.22.02 raqamli Ilmiy kengashda “O‘zbekistona mahalliy xokimiyati vakillik organlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusida 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2020 yil 28 avgustdagi 01№ 003301 285/1-son bayonnomasi bilan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011- yil 29- martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi” Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining “Maxsus unvonlar – martaba darajalari berish” haqidagi Buyrug‘iga asosan “3-darajali yurist” maxsus unvon-martaba darajasi berildi.
2020 y. – 2021 Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi Katta o‘qituvchisi. 2021 y. x.k Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi v.b. dots.nti sifatida ishlab kelgan. 2022 y. –x.v. Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.