
Sultonova Umeda Istatovna

Sultonova Umeda Istatovna
Kafedra: Roman-german tillari
Mutaxassisligi
Nemis tili
Nemis tilini o'qitish metodikasi
Madaniyatlararo muloqot
Tillar
O‘zbek, Nemis, Rus.
Bog‘lanish:
E-mail: usultonova@uwed.uz
Tarjimai hollar
Umeda Istatovna Sultonova Toshkent shahridagi Jahon Iqtisodiyot va Diplomatiya Universitetining “Roman-german tillari kafedrasi” katta o‘qituvchisi sifatida 2,3,4-bosqich talabalariga nemis tilidan ikkinchi chet tili sifatida dars beradi. “Hervorragende Menschen Deutchlands (Germaniyaning buyuk insonlari)” darsligi va nemis tilini o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo muloqot, jamiyatda bag‘rikenglik va boshqa mavzularda bir qator (40 dan ortiq) ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi.
2008-yilda U.I.Sultonova Germaniyaning Birklehof gimnaziyasida uch oylik amaliyot o‘tagan. 2022-yilda u stipendiya yutib oldi va Bremen universitetida (Germaniya) bir oylik malaka oshirish kursini tamomladi. U.I.Sultonova universitetdagi o‘quv yuklamasidan tashqari, ijtimoiy ishlarda ham faol ishtirok etadi. Shuningdek, u universitet Xotin-qizlar kengashi a’zosi.
Umeda Istatovna Sultonova har yili talabalar, o‘qituvchilar va O‘zbekistondagi nemis diplomatik korpusi vakillari ishtirokida “Nemis tili kuni” tadbirlarini tashkil etadi. Toshkent shahridagi Gyote instituti tomonidan o‘tkaziladigan seminarlarda muntazam qatnashadi.