
Mamatkasimova Vasila Akramdjanovna

Mamatkasimova Vasila Akramdjanovna
“Roman-german tillari” kafedra mudiri
Mutaxassisligi
Fransuz tili va adabiyoti
Fransuz tili yozma va og‘zaki tarjima
Tillar
O‘zbek, Fransuz, Rus
Bog‘lanish:
E-mail: vmamatkasimova@uwed.uz
Tarjimai hollar
Mamatkasimova Vasila Akramdjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Roman-german tillari kafedrasi mudiri, fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha katta tajriba va malakaga ega. Fransuz tilini o‘qitish texnologiyalari, tilni noan'anaviy o‘qitish usullari, tilni intensiv o‘rgatish, frantsuz tilini o‘qitishda xorijiy tajribalardan foydalanish va tarjima masalalariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq maqolalar, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Jumladan, «O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotida badiiy tarjimaning o‘rni (fransuz adabiyotidan qilingan tarjimalar misolida» nomli risolasi chop etilgan. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Universiteti) ning “Yozma va og‘zaki tarjima amaliyoti” qayta tayyorlov dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.