Strategik investitsiyalar bo'limi

Strategik investitsiyalar bo'limi

    Bo‘lim haqida

    Strategik investitsiyalar bo‘limi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, universitetning strategik investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlaydi.

    Bo‘limning asosiy maqsadi — xalqaro grantlar va investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirish orqali universitetning barqaror institutsional rivojlanishini ta’minlashdir.

    Bo‘lim xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsion ekotizimni shakllantirish va universitetning global raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

    Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

    • Universitetning strategik investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • Xalqaro grantlar va investitsiyalar asosida loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish;
    • Xalqaro va mahalliy investorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
    • Investitsiya faoliyati masalalari bo‘yicha vazirliklar va davlat organlari bilan hamkorlik;
    • Xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
    • Investitsion xatarlarni baholash va boshqarish;
    • Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashish.

    Asosiy vazifalar

    1. Universitetning yagona strategik investitsiyalar tizimini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
    2. Investitsiya loyihalarini ularning barcha bosqichlarida boshqarish;
    3. Grantlar va investitsiyalar hisobidan amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirish;
    4. Vazirliklar, davlat va xalqaro hamkorlar bilan samarali hamkorlikni ta’minlash;
    5. Salohiyatni oshirish (capacity building) bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, jumladan o‘quv va trening dasturlari, shuningdek universitetning asosiy tashabbuslarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
    6. Investitsion va grant faoliyatining samaradorligini monitoring qilish va baholash.