Xalqaro huquq

Xalqaro huquq

    • Ta'lim turi:Magistratura
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:Bir yil
    • Boshlangan sana:15-sentabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Xalqaro huquq - bu muayyan davlatlarning huquqiy tartiblaridan tashqarida mavjud bo'lgan mustaqil huquq tizimi. Dastur o'z ichiga huquqiy siyosat asoslari, parlament, oila, bank, intellektual mulk huquqi, kriminologiya/kriminalistika, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens kabi jahon darajasidagi ta'limni qamrab olgan bo'lib, universitetning ko'p yillik tajribasiga tayanadi.
    Kod Mutaxassislik Til Muddati Kafedra
    70420103 Xalqaro huquq O‘zbek/ Rus/ Ingliz 1 yIl Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi

    70420103 - Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. U bir qator jihatlari bilan milliy huquq tizimlaridan farq qiladi.

    Ta’lim dasturlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida o‘quv jarayoni malakali mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar faol jalb etilgan holda olib boriladi. Jumladan, fakultetda muntazam ravishda dunyoning ilg‘or hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari (masalan, AQShning Pensilvaniya hamda Jon Xopkins universitetlari, Birlashgan Qirollikning Glazgo universiteti, Shvetsiyaning Lund universiteti, Shveytsariyaning Bern universiteti) professor-o‘qituvchilar ishtirokida qisqa mudatli treninglar va mehmon ma’ruzalar tashkil qilinib kelinadi.

    O‘qish davomida tanlov fanlar asosida ixtisoslashish uchun individual ta’lim trayektoriyasini quyidagi 3 xil yo'nalishlarda shakllantirish imkoniyati mavjud:

    • Milliy huquq
    • Xalqaro xususiy huquq
    • Xalqaro ommaviy huquq

    Fakultet talabalari o‘qish davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari, turli davlat hokimiyati tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, prokuratura va adliya organlarida), turli milliy (masalan, yuridik tuzilmalar) va transmilliy (masalan, LUKOIL, PcW) xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek xalqaro tashkilotlarnining vakolatxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga egalar.

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Ruslanbek Davletov

    Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

    Ayni vaqtda O‘zbekistonda bir necha huquqiy islohotlar ketmoqda. Mamlakatimizda davlat boshqaruvining yangi modeliga o‘tishda siz kabi ilmga chanqoq va izlanuvchan talabalarning moslashuvchanligi va zamonaviy bilim-ko'nikmalari juda muhim deb bilaman.