
Investitsiyalarni boshqarish
- Ta'lim turi:Magistratura
- Ta'lim shakli:Kunduzgi
- Davomiyligi:Bir yil
- Boshlangan sana:15-sentabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul
Yo'nalish haqida ma'lumot
| Kod | Mutaxassislik | Til | Muddat | Kafedra |
| 70410503 | Investitsiyalarni boshqarish | Oʻzbek/ Rus/ Ingliz | 1 yil | Xalqaro moliya va investitsiyalar |
70410503 – Investitsiyalarni boshqarish magistratura mutaxassisligi – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, ilmiy tadqiqot markazlarida, davlat boshqaruvi organlarida, tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchi turli mulkchilik shaklida faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘shma korxonalarda, banklarda, tashkilot va korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, kompleks masalalarni yechishni qamrab oladi.
O‘qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:
•Investitsiya tahlili, risk va rentabellikni baholash metodlarini chuqur tushunish;
•Portfel strategiyalari ishlab chiqish va diversifikatsiyani amaliy joriy etish;
•Korporativ investitsiyalar va xususiy kapital (private equity) sohasida ekspertizaviy ekspertiza;
•Xalqaro investitsiya siyosati, moliyaviy bozorlarda tranzaksiya va investitsion shartnomalarni tahlil qilish;
•Investitsiya hisobotlari, tahliliy prezentatsiya va konsalting materiallarini tayyorlash.