
Xalqaro munosabatlar va tahlil, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish va ekspert sharhlash
- Ta'lim turi:Magistratura
- Ta'lim shakli:Kunduzgi
- Davomiyligi:Bir yil
- Boshlangan sana:15-sentabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul
Yo'nalish haqida ma'lumot
| Kod | Mutaxassislik | Til | Muddati | Kafedra |
| 70310204 | Xalqaro munosabatlar va tahlil, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish va ekspert sharhlash | Oʻzbek/ Rus/ Ingliz | 1 yil | Xalqaro munosabatlar |
Xalqaro munosabatlar va tahlil, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish va ekspert sharhlash – xalqaro munosabatlarda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, huquqiy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy, ekologik, mafkuraviy jarayonlar yuzasidan hamda mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borishi va ushbu faoliyatini rivojlantirish, Oʻzbekiston Republikasining tashqi siyosati, diplomatiya va xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoatchilik tuzilmalari va boshqa tashkilotlarda rahbarlik va ijrochilik faoliyatini oʻzida ifodalovchi davlat xizmati faoliyati, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, notijorat tashkilotlarida boshqaruv faoliyati sohalarini qamrab oladi.
O‘qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:
•Xalqaro siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish usullarida chuqur bilim;
•Diplomatik ekspertizalar, tahliliy hisobotlar va sharhlarni tuzish;
•Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslikda metodologik tahlil va prognozlash;
•Tashqi siyosat, xavfsizlik, integratsiya va global jarayonlarni baholash.
Bitiruvchilarning fikrlari

Javlon Vakhabov
O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor ElchisiSizga hayotdagi eng yaxshi narsalarni tilayman. Maqsadingizga erishish uchun ko'plab imtihonlardan o'tishingiz kerak; muvaffaqiyatlar va yo'qotishlar keladi va ketadi, lekin sizning fidoyiligingiz va mehnatsevarligingiz sizni oldinga bir qadam sari etaklash uchun doimo siz bilan birga bo'ladi.