Davlat boshqaruvi

Davlat boshqaruvi

    • Ta'lim turi:Magistratura
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:Bir yil
    • Boshlangan sana:15-sentabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Magistrlik dasturi davlat boshqaruvi nazariyasi, siyosatni shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va boshqaruv samaradorligini baholashga asoslangan.
    Kod Mutaxassislik Til Muddati Kafedra
    70420202 Davlat boshqaruvi Oʻzbek/ Rus/ Ingliz 1 yil Xalqaro munosabatlar

     

    70420202 – “Davlat boshqaruvi” – siyosiy-huquqiy bilimlar sohasiga oid yoʻnalish boʻlib, u boshqaruv kadrlarini tayyorlash yoʻnalishi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoatchilik tuzilmalari va boshqa tashkilotlarda rahbarlik va ijrochilik faoliyatini oʻzida ifodalovchi davlat xizmati faoliyati, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, notijorat tashkilotlarida boshqaruv faoliyati sohalarini qamrab oladi.

    O‘qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:

    •Davlat boshqaruvida strategik aniqlik va tashkilotchilik;

    •Siyosat tahlili va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish;

    •Davlat xizmatchilarining malakaviy rivoji va jamoat sektorini innovatsion boshqarish;

    •Analitik ekspertiza, baholash va xususiy hamda jamoat sektorlarida samarali boshqaruvni amalga oshirish.

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Javlon Vakhabov

    Javlon Vakhabov

    O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

    Sizga hayotdagi eng yaxshi narsalarni tilayman. Maqsadingizga erishish uchun ko'plab imtihonlardan o'tishingiz kerak; muvaffaqiyatlar va yo'qotishlar keladi va ketadi, lekin sizning fidoyiligingiz va mehnatsevarligingiz sizni oldinga bir qadam sari etaklash uchun doimo siz bilan birga bo'ladi.