Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

    • Ta'lim turi:Magistratura
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:Bir yil
    • Boshlangan sana:15-sentabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Ushbu magistraturaning maqsadi xalqaro arbitraj tizimi, alternativ nizolarni hal etish usullari va murosasozlik protseduralarini puxta o‘rganish orqali mutaxassis-arbitraj va ekspertlar tayyorlashdir.
    Kod Mutaxassislik Til Muddati Kafedra
    70420102 Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish O‘zbek/ Rus/ Ingliz 1 yil “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi

     

    70420102 – Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish– O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlarida; sud va huquqni muhofaza qilish organlarida, Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati, shuningdek, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, nodavlat va notijorat tashkilotlarida va boshqa nodavlat tuzilmalarida xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, ilmiy-tadqiqot muassasasi va markazlarida tegishli sohalar bo‘yicha mustaqil ilmiy faoliyat olib borish sohalarini qamrab oladi.

    O‘qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:

    •Xalqaro arbitraj, mediatsiya va transchegaraviy nizolarni tahlil qilish;

    •Arbitrlik jarayoni va arbitraj institutsiyalarining huquqiy mexanizmlarini tushunish;

    •Nizolarni hal qilish bo‘yicha ekspert statusida hisobot va murojatnomalar yozish;

    •Xalqaro kelishuvlar, shartnomalar va arbitr bilan bog‘liq hujjatlarni tahlil qilish.

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Ruslanbek Davletov

    Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

    Ayni vaqtda O‘zbekistonda bir necha huquqiy islohotlar ketmoqda. Mamlakatimizda davlat boshqaruvining yangi modeliga o‘tishda siz kabi ilmga chanqoq va izlanuvchan talabalarning moslashuvchanligi va zamonaviy bilim-ko'nikmalari juda muhim deb bilaman.