Xalqaro biznes huquq

Xalqaro biznes huquq

    • Ta'lim turi:Magistratura
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:Bir yil
    • Boshlangan sana:15-sentabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Ushbu dastur xalqaro biznes huquqi sohasida nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko'nikmalarni ham olishga qaratilgan.
    Kod Mutaxassislik Til Muddati Kafedra
    70420109 Xalqaro biznes huquqi Oʻzbek/Rus/Ingliz 1 yil Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi

     

    70420109 – Xalqaro biznes huquqi magistratura yoʻnalishi boʻlib, u ham anʼanaviy xalqaro biznes tarmoqlari, ham soʻnggi aktual yoʻnalishlarga asoslangan boʻlib, quyidagi kurslarni oʻz ichiga oladi:

    • Xalqaro bank huquqi;
    • Xalqaro soliq huquqi;
    • Raqamli xalqaro iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish;
    • Yevropa korporativ huquqi va boshqalar.

    Xalqaro biznesni huquqiy tartibga solish sohasidagi ushbu umumiy kasbiy va maxsus fanlar chuqur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni talab qiladi.

    Magistratura dasturining maqsadi:

    • transchegaraviy iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish sohasida yuqori darajadagi ma'lumotga ega bo'lgan professional kadrlar tayyorlash;
    • transchegaraviy iqtisodiy faoliyatda rahbar kadrlar va mutaxassislar zaxirasini shakllantirish;
    • transchegaraviy iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish sohasida ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish.

    O‘quv jarayonida fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida, davlat hokimiyatining turli tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi, prokuratura va adliya organlari), turli milliy (huquqiy tuzilmalar) va transmilliy xalqaro tashkilotlar (LUKOIL, PcW) xo'jalik yurituvchi subyektlarda, shuningdek vakolatxonalarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega. 

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Ruslanbek Davletov

    Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

    Ayni vaqtda O‘zbekistonda bir necha huquqiy islohotlar ketmoqda. Mamlakatimizda davlat boshqaruvining yangi modeliga o‘tishda siz kabi ilmga chanqoq va izlanuvchan talabalarning moslashuvchanligi va zamonaviy bilim-ko'nikmalari juda muhim deb bilaman.