Ta'limning yuqori sifati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ko'proq ma'lumot olish

Karyera shu yerda boshlanadi

Eng nufuzli ilm dargohi

Ko'proq ma'lumot olish

Talabalarni birlashtiruvchi makon

UWED Students' Council

Ko'proq ma'lumot olish

Bakalavriat

Bakalavr uchun kuzgi semestr

Batafsil

Magistratura

Bir yillik magistratura dasturi

Batafsil

«Smart universitet»

2023 yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati transformatsiya qilinadi

Batafsil
Bakalavriat dasturlari

Bakalavriat dasturlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat dasturlari talabalarda global jarayonlarni chuqur anglash, murakkab masalalarni tahlil qilish hamda xalqaro darajada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim, amaliy ko‘nikma va zamonaviy dunyoqarashni shakllantiradi. Ta’lim jarayoni nazariy bilimlar, amaliy tayyorgarlik va fanlararo yondashuv uyg‘unligida tashkil etilgan. Bakalavriat bosqichida universitet quyidagi asosiy ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi: Xalqaro munosabatlar; Siyosatshunoslik; Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; Xalqaro-huquqiy faoliyat yo‘nalishidagi yurisprudensiya. Har bir dastur davlat boshqaruvi, diplomatiya, xalqaro hamkorlik, tahliliy faoliyat va zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Asosiy kompetensiyalar JIDU bakalavriat dasturlari bitiruvchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: analitik va tanqidiy fikrlash; xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jarayonlarni tushunish; dalillarga asoslangan qaror qabul qilish; tadqiqot olib borish va ma’lumotlar bilan ishlash; professional yozma va og‘zaki muloqot; madaniyatlararo hamkorlik; hamda davlat, xususiy va xalqaro sektorlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kasbiy tayyorgarlik. Ta’lim jarayonida talabalar akademik mobillik dasturlari, amaliyot, yetakchi mutaxassislar va ekspertlar bilan uchrashuvlar, ilmiy izlanishlar hamda loyiha faoliyati orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantiradilar. Bu esa ularda mustaqil fikrlash, moslashuvchanlik, strategik yondashuv va professional mas’uliyatni yanada kuchaytiradi. Natijada bitiruvchilar milliy va xalqaro darajada raqobatbardosh, tashabbuskor, zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanadilar. Universitetda talabalarga ikkinchi xorijiy til sifatida 12 ta til ichidan tanlov qilish imkoniyati ham yaratilgan. Quyida bakalavriat dasturlari bilan tanishishingiz mumkin. Til yo‘nalishidagi fanlar Sillabus: Rus tili I,II (2025) Sillabus: O‘zbek tili I , II (2025) SHARQ TILLARI SILLABUSLARI (Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun) 2025 Ikkinchi chet tili sillabuslari, 2025/26 (Romano-german tillari) 2025/26 Ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jadvallari 2025/2026 o‘quv yili uchun akademik kalendar va amaliyot jadvali
Batafsil

JIDU'da o'qing

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida faoliyat yuritadi.

Bu oliy taʼlim muassasasi boʻlib, mutaxassislar va ilmiy kengashni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda quyidagi yoʻnalishlarda yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • Yurisprudensiya.
Batafsil
JIDU'da o'qing
JIDUda kichik davlatlar uchun sun’iy intellektni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda kichik davlatlar uchun sun’iy intellektni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

2026-yil 20-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Siyosatshunoslik yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun “Qoidalarni o‘rgan, strategiyalarni bahola, qaror qabul qil: kichik davlatlar uchun sun’iy intellektni boshqarish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini xalqaro munosabatlar, sun’iy intellektni boshqarish va raqamli siyosat bo‘yicha tadqiqotchi, Buyuk Britaniyaning York universitetida PhD ilmiy darajasini olgan, Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha Oxus jamiyatining Uzbekistan Futures Programme dasturi ishtirokchisi doktor Dilafroz Gulomova olib bordi. Taklif etilgan ekspertni Siyosatshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Kamronbek Davlatov kutib oldi va uchrashuvga moderatorlik qildi. Mahorat darsida xalqaro tashkilotlar va yetakchi davlatlarning sun’iy intellektni global boshqarish tizimini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, Yevropa Ittifoqining sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonuni (EU AI Act), YUNESKOning sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tavsiyanomasi va Bletchli deklaratsiyasi kabi muhim xalqaro hujjatlar muhokama qilindi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi kichik davlatlarning sun’iy intellektni xalqaro boshqarish jarayonlaridagi strategik imkoniyatlari va duch kelayotgan muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Interaktiv muhokamalar, xalqaro hujjatlar tahlili va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonini modellashtirish orqali talabalar sun’iy intellektni boshqarishga oid turli yondashuvlarni baholadilar hamda O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqdilar. Bu jarayon ularning tahliliy fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

49
Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish va saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun “Siyosatshunoslik” fani doirasida “Siyosatshunoslik” kafedrasi shogird-o‘qituvchisi Sh.Akromova tashabbusi bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga o‘quv-amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida partiya vakili Nurbek Abdulkasimov talabalarni partiyaning faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning dasturiy maqsad va vazifalari, saylovoldi dasturlari hamda mamlakat siyosiy tizimidagi o‘rni haqidagi nazariy bilimlarini amaliy ma’lumotlar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi. Mazkur mashg‘ulot doirasida talabalarga siyosiy partiyalarning tashkil topish tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, mafkuraviy asoslari, saylov jarayonlaridagi ishtiroki hamda saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Xususan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining dasturiy ustuvorliklari, siyosiy tashabbuslari va saylovoldi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Amaliy mashg‘ulotning muhim qismi sifatida talabalar oldiga siyosiy partiyalarning saylovoldi manifestlarini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, tashrif davomida ushbu topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va ma’lumotlarni to‘plashga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar partiya dasturlarining mazmuni, saylovoldi va’dalarining shakllantirilishi, ustuvor siyosiy yo‘nalishlarni belgilash hamda ularni aniq taklif va tashabbuslar ko‘rinishida ifodalash jarayonlari bilan tanishdilar. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni, saylov jarayonlari hamda partiyaviy raqobat yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif ularning siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, saylovoldi manifestlarini ishlab chiqish va siyosiy takliflarni shakllantirish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

58
JIDU talabalari mediaekspert bilan siyosat va jurnalistika masalalarini muhokama qildi

JIDU talabalari mediaekspert bilan siyosat va jurnalistika masalalarini muhokama qildi

19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Siyosat va OAV” fani doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara O‘rinboyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Siyosatshunoslik” va “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishlarining ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda davlat axborot siyosatining rivojlanishi, siyosiy jurnalistikaning o‘ziga xos jihatlari, davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) xizmatlarining o‘rni, huquqiy jurnalistika, axborotning xolisligi hamda aholining huquqiy va mediasavodxonligini oshirish mavzulariga e’tibor qaratildi. Sevara O‘rinboyeva ommaviy axborot vositalari va davlat axborot xizmatlaridagi ko‘p yillik kasbiy tajribasiga tayangan holda sohaning amaliy jihatlari haqida ma’lumot berdi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ma’lumot o‘rnida: Sevara O‘rinboyeva qator nufuzli ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan. 2018–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Uchrashuv bo‘lajak siyosatshunos va diplomatlar uchun soha mutaxassisining amaliy tajribasi bilan yaqindan tanishish, siyosat va media o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlarini boyitish imkonini berdi.

51

Bizning hamkorlarimiz

https://mgimo.ru/
https://www.undp.org/
https://www.berkeley.edu/
https://www.unibe.ch/index_eng.html
https://www.ox.ac.uk/
https://pennstatelaw.psu.edu/
https://www.wto.org/
https://www.columbia.edu/
https://www.gla.ac.uk/
https://www.wti.org/