
JIDUda quruqlik ekotizimlarini saqlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
JIDUda quruqlik ekotizimlarini saqlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi Abdumuminova R.Sh. tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Quruqlik ekotizimlarini saqlash” yo‘nalishiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning mazmun-mohiyati, uning dolzarbligi hamda bugungi kunda ekologik muammolarning global tus olayotgani haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida talabalar ekologik muammolar, xususan, atrof-muhit ifloslanishi, bioxilma-xillikning kamayishi va yer resurslarining degradatsiyasi kabi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, ekologik muhofaza sohasida xalqaro huquqning o‘rni va ahamiyati yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Amaliy qismda talabalar park hududini maishiy chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar. Hududda keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirilib, yig‘ilgan chiqindilar belgilangan tartibda maxsus joylarga olib chiqildi. Mazkur jarayon jamoaviylik va hamjihatlik ruhida tashkil etilib, talabalar tomonidan yuqori darajadagi faollik namoyon etildi.




