“Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Konstitutsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Konstitutsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Konstitutsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Konstitutsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsionalizm rivojlanish istiqbollarini Barqaror rivojlanish maqsadlari kontekstida tahlil qilish hamda milliy konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) davrida Konstitutsiya: muammolar va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya gibrid formatda bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur konferensiya doirasida O‘zbekistonning davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning modernizatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining rivojlanishi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlar bilan uyg‘unlashuvini ilmiy asosda muhokama qilishni maqsad qiladi. Shuningdek, davlatlarning konstitutsiyaviy rivojlanish sohasidagi zamonaviy chaqiriqlari, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlarni yangi global vazifalarga moslashtirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari BRM–2030 davrida davlatlar oldida iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni taʼminlash, huquq ustuvorligini mustahkamlash, demokratiya va inson huquqlarini taʼminlash, migratsiya va kelgusi avlodlar huquqlari masalalarini muhokama qilish, zamonaviy ilmiy doktrina nuqtayi nazaridan ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

      Ilmiy-amaliy konferensiya jarayonida Birlashgan millatlar tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) akademiyasi ekspertlari, Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP), Nagoya universitetining Osiyo huquqiy almashinuv markazi, turli mamlakatlarning professorlari, konstitutsiyashunoslari, xalqaro ekspertlar, O‘zbekistonning huquqshunoslik sohasidagi yetakchi olimlar, professor-o’qituvchilar, shuningdek, bir qator davlatlardan konstitutsiyashunos olimlar ham qatnashdi.

    Konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) maqsadlarining konstitutsiyaviy-huquqiy tizim bilan uyg‘unlashuvi, inson huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari va ularni amalga oshirish mexanizmlarining kuchaytirilishi, raqamli davlat, sun’iy intellekt va huquq: konstitutsiyaviy nazoratning yangi modellari, parlament ochiqligi va deputatlarning hisobdorligidagi xalqaro tajribalar, mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari, barqaror rivojlanish jarayonida gender tengligi va ijtimoiy adolat tamoyillarining konstitutsiyaviy ahamiyati doirasidagi muhokamalar taqdimotlar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar shaklida amalga oshirildi.

    Tadbir yakuniga ko‘ra, xalqaro ekspertlar va O‘zbekiston Respublikasida huquqshunoslik sohasidagi yetakchi olimlar ishtirokida konstitutsiyaviy isloholatlar zamirida Barqaro rivojlanish maqsadlarini aks ettirgan tegishli strategik tavsiyalar, siyosiy-huquqiy takliflar hamda ilmiy xulosalar ishlab chiqilishi qo’llab-quvvatlandi.