Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi

Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi

    Akademik va o'qituvchilar ishlari ofisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining  o'quv va o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy hujjatlariga, universitet Nizomiga  muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.

    AKADEMIK VA O‘QITUVCHILAR ISHLARI OFISINING ASOSIY VAZIFALARI:

    -Fakultet, kafedralar va akademik jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi;

    -fakultetlarda amalga oshiriladigan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiradi;

    -yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalaridan, xususan ularning akademik dasturlari asosida JIDU sillabuslarini ishlab chiqilishini tashkil qiladi;

    -fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda o‘quv rejalar, fanlarning sillabuslari, darsliklar, qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va O‘quv-uslubiy kengash muhokamasiga kiritadi;

    -talabalarning kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;

    -JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti hamda professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini monitoring qiladi va rejalashtiradi;

    -vaqt me’yorlari asosida JIDUning shtatdagi professor-o‘qituvchilari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan ishlar hajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun JIDU Akademik kengashiga olib chiqadi;

    -kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi va soatbay asosidagi professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi;

    -professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi;

    -JIDU Akademik kengashi va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini akademik jarayonga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

    -bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) ishini tashkil etish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorlaydi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini qabul qiladi;

    -JIDU kafedralarining kabinet mudirlari, dekanatlarning bosh va yetakchi mutaxassislarining o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;

    -kafedra professor-o‘qituvchilarining reja asosida malaka oshirishini tashkil qiladi, ular uchun zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda chet tillari bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;

    -fakultet dekanatlari va kafedralarning o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash boְ‘yicha takliflar beradi va JIDU O‘quv-uslubiy hamda Akademik kengashlari muhokamasiga kiritadi;

    -“Edo.ijro.uz” ijro tizimidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

    -fakultet va kafedralarning akademik va o‘quv-uslubiy ishlarini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

    -O‘quv- uslubiy Kengash majlislarini tashkil qilish; faoliyatini olib borish va doimiy nazorat qilish; 

    -professor-o‘qituvchilar va tegishli xodimlar faoliyatini KPI tizimining tegishli qismi bo‘yicha baholash.

     

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti malaka talablari

    Bakalavriat

    60310200 – Xalqaro munosabatlar
    60310100 – Siyosatshunoslik
    60411100 – Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
    60420100 – Yurisprudensiya

    Magistratura

    70310201 – Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
    70310101 – Amaliy siyosatshunoslik
    70411102 – Tashqi iqtisodiy faoliyat
    70411101 – Jahon iqtisodiyoti
    70420103 – Xalqaro huquq
    70420109 – Xalqaro biznes huquqi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o'quv rejalari

    60310200 – Xalqaro munosabatlar
    60310100 – Siyosatshunoslik
    60411100 – Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
    60420100 – Yurisprudensiya