
Radjabova Aziza Мatlubovna

Radjabova Aziza Мatlubovna
Kafedra: Xalqaro Munosabatlar
Mutaxassisligi
Xalqaro munosabatlar
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat
Fanlar
Tadqiqot usullari
Xalqaro munosabatlar nazariyasi
Diplomatiya asoslari
Geosiyosat
Akademik yozuv
Tillar
O‘zbek, Rus, Ingliz
Bog'lanish:
E-mail: radjabova@uwed.uz
Tarjimai hollar
Aziza Radjabova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Xalqaro munosabatlar nazariyasi, Diplomatiya asoslari va Tadqiqot usuallari fanlaridan dars beradi. Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Radjabova Aziza 2021-yildan buyon Respublika yosh olimlar kengashining aʼzosi hisoblanadi. Rus, fors, ingliz va yapon tillarida so’zlasha oladi. Radjabova BMT Taraqqiyot Dasturi va USAID kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali loyihalarni amalga oshirgan. Gender masalalari boʻyicha milliy ekspert sifatida “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro standartlarga muvofiq milliy gender koʻrsatkichlari: tahlil, ilmiy uslublar va jihatlar” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. “Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender ko‘rsatkichlari” nomli tahliliy risola muallifi.
Aziza Radjabova JIDUda “Xalqaro munosabatlar” mutaxassislgi bo’yicha bakalavr, “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” ixtisosligi bo’yicha magistr darajalariga ega. 2019-2022 yillarda JIDUda doktoranturada tahsil olgan. 2023-yilda “O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining global gender tengligi siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Radjabovaning ilmiy izlanishlari Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida xalqaro hamkorlik, O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati, Xotin-qizlarni global siyosatdagi imkoniyatlarini kengaytirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida ularning mazmunli ishtirokini targ‘ib qilishga oid masalalarni o’z ichiga oladi.