
Rahimov Alisher Saminovich

Rahimov Alisher Saminovich
Kafedra: Xalqaro Munosabatlar
Mutaxassisligi
Xalqaro munosabatlar
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat
Fanlar
Geostrategik risklar tahlili
Geosiyosat
Diplomatiya asoslari
Jahon siyosatida murakkab vaziyatlar tahlili
Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari
Konfliktologiya
Tillar
O'zbek, Rus, Ingliz
Bog'lanish:
E-mail: a.raximov@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Raximov Alisher – “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, JIDU Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) yetakchi ilmiy xodimi. O'qitiladigan fanlar: Geosiyosiy risklarni tahlil qilish, Konfliktologiya, Jahon siyosatidagi murakkab vaziyatlarni tahlili, Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari o'rganish, Geosiyosat.
A.Raximov Durham universitetida xalqaro munosabatlar magistr va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar bakalavr darajasini olgan, Toshkent davlat agrar universitetining iqtisod fakultetining diplomiga ega.
1995-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida va 2006 yildan mamlakatimizning turli ilmiy markazlarida ishlagan. 2-darajali kotib diplomatik darajasiga ega. 2002 yilda u Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti qoshidagi Yadro qurollarini tarqatmaslik markazining tashrif buyuruvchi xodimi bo‘lgan. UNDP, SENECA, Erasmus+ Jan Monne, COMPASS, Nippon Foundation xalqaro tadqiqot loyihalarida, shuningdek, milliy amaliy tadqiqot loyihalari doirasidagi koʻplab ishlanmalarda ishtirok etgan. A.Rahimovning ilmiy qiziqish doirasi xalqaro siyosiy jarayonlar, mintaqashunoslik va Markaziy Osiyo muammolarini qamrab oladi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy tahlil va davlat boshqaruvi muammolariga bag‘ishlangan bir qator monografiyalar, ilmiy maqolalar muallifi.