
Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna

Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna
KAFEDRA: "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi dotsenti
MUTAXASSISLIGI
Konstitutsiyaviy huquq
Ma’muriy huquq
Moliya va bojxona huquqi
FANLAR
Konstitutsiyaviy huquq
Xalqaro ommaviy huquq
Xalqaro gumanitar huquq
BOG'LANISH: sh.xamdamova@uwed.uz
Linkedin, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Sciense, ORCID.
Tarjimai hollar
Shirin Mirzayuldashevna, yuridik fanlar falsafa doktori (PhD), dotsent lavozimida ishlaydi. Bundan oldin u O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ishlagan. Universitetda u “Xalqaro gumanitar huquq”, “Xalqaro ommaviy huquq”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlaridan ma’ruza o‘qiydi. Uning 25 dan ortiq ishlari chop etilgan, xususan, “Xalqaro gumanitar huquq” (2025) o’quv qo’llanmasi; “Организация государственной власти на местах” (2023) monografiyasi. Nomzodlik (PhD) dissertatsiyasini 2020-yil dekabrda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida himoya qilgan. Shuningdek, u Universitetda “Xalqaro gumanitar huquq” fani doirasida Xalqaro Qizil Hoch Qo’mitasi mutaxassislari ishtirokida talabalar uchun master klasslar tashkil etadi, shu bilan birga universitet talabalarini xalqaro musobaqalariga (F.F.Martens, hamda J.Pikte nomli xalqaro konkurslari) tayyorlab keladi. U xalqaro gumanitar huquqning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika va xalqaro konferensiyalarda ma’ruzachi sifatida qatnashib keladi. Shirin Mirzayuldashevna Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi (2011 y. – Bakalavriat, 2013 – Magistratura).
Shirin Mirzayuldashevna Germaniyaning “Hertie School of Governance” boshqaruv maktabida (2013 y.), Fransiyaning Parij shahridagi nufuzli INSP davlat boshqaruvi universitetida (2016, 2023 yy.) malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan.